Линклар

Rossiyaning Perm shahrida huquq-tartibot organlari hodimlari jamoat transporti haydovchisini nasha chekib avtobus haydayotgan vaqtida qo'lga olishdi. Haydovchi 3 yildan beri Rossiyada yashab kelgan O'zbekiston fuqarosi bo'lib chiqdi.

Haydovchi tekshirilganda, uning yonidan 66 gram miqdoridagi nasha topilgan. Federal giyohvand moddalarini nazorat qilish xizmati bergan izohga ko'ra, nashaning 60 grami sotish uchun mo'ljallangan bo'lgan. Qolgan 6 grami esa haydovchi shaxsan ishlatish uchun olib qo'ygan.

Tibbiy tekshiruvdan o'tkazilganda, ruldagi avtobus haydovchisida giyohvand modda bilan mastlik belgilari topilgan. Haydovchining aytishicha, u avtobus qatnovlari orasida nasha chekishni odat qilgan.

Federal xizmat bergan ma'lumotga ko'ra, ushlangan haydovchi Perm shahrida uch yildan beri yashab kelgan va unda na ishlashga ruxsat, na Rossiya territoriyasida yaraydigan haydovvchilik guvohnomasi bo'lgan.
XS
SM
MD
LG