Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:54

Timoshenko Yanukovichni Facebook orqali "yiqitmoqchi"


Hibsda saqlanayotgan Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenko tarafdorlari Facebookda uning "rasmiy vakilligi"ni ochishdi.
Hibsda saqlanayotgan Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenko tarafdorlari Facebookda uning "rasmiy vakilligi"ni ochishdi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali inqilob uyushtirish gali Ukrainaga kelganga o'xshaydi. O'tgan hafta Facebook ijtimoiy tarmog'ida Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoning "rasmiy vakilligi" ochildi.

UNIAN axborot agentligining Timoshenko boshqarayotgan "Batkivshina" siyosiy partiyasiga asoslanib xabar berishicha, vakillik partiya tarafidan "Ukraina vatanparvarlarini ijtimoiy tarmoqlar maydonida yig'ish uchun" ochilgan. Online-vakillikning maqsadi "Ukraina prezidneti Viktor Yanukovichning jinoyatkor rejimini to'ntarish va mamalakatga demokratiyani qaytarish", deyiladi xabarda.

Vakillik sahifasining ochilganiga 3 kun bo'lganiga qaramasdan uni qariyb uch yarim ming kishi "like" etgan. Sahifada asosan Yuliya Timoshenkoning matbuotda qilgan chiqishlari va video murojaatlari qo'yilgan.

Eslatamiz, ayni damda sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko Rossiyadan Ukrainaga gaz sotib olishda lavozimini suiistemol qilganlikda ayblanib, hibsda saqlanmoqda. Xabarlarga ko'ra, Timoshenko saqlanayotgan kamerada internetga chiqish moslamalari yo'q.

Joriy yilda yuz bergan va internetdagi vositalar keng qo'llangan "Arab bahori"dan so'ng dunyo bo'ylab muxolifat guruhlar internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanib kelishmoqda. O'zbekiston muxolifati ham bundan istisno emas. "Erk" va "Birdamlik" kabi muxolifat partiyalarining barchasi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishadi. Biroq... 8,5 million Facebook foydalanuvchisi bor Misr qayda-yu, 80 ming Facebookchisi bor O'zbekiston qayda...

Nima deysiz, aziz mushtariy?
XS
SM
MD
LG