Линклар

Iroqda dushanba kuni qariyb 60 kishi nobud bo‘ldi


Kut shahrida amalga oshirilgan portlashlarda 30 dan ziyod kishi nobud bo‘ldi.

Kut shahrida amalga oshirilgan portlashlarda 30 dan ziyod kishi nobud bo‘ldi.

Kecha Iroqda, so‘nggi ma‘lumotlarga qaraganda, qariyb 60 kishi, zo‘ravonliklar qurboni bo‘ldi, shu jumladan, 30 nafardan ziyodi mamlakat janubida joylashgan Kut shahrida amalga oshirilgan ikki portlashdan nobud bo‘ldi.

Shaharning markaziy bozori yaqinida avvaliga yo‘l chetiga o‘rnatilgan bomba portladi, oradan bir daqiqa o‘tiboq nariroqda turgan mashina portlab ketdi.

Bundan tashqari, Bag‘dod, Baquba, Najaf, Kirkuk, Karbalo shaharlarida ham terror aksiyalari amalga oshirildi. Hammasi bo‘lib 230 dan ziyod kishi yaralandi.

Kuni kecha Iroq rasmiylari AQSh qo‘shinlarining muayyan qismini mamlakatda qoldirish yuzasidan so‘zlashuvlar boshlaydigan bo‘ldi. AQSh qo‘shinining asosiy qismlari joriy yil oxirigacha Iroqdan olib chiqiladi.
XS
SM
MD
LG