Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:45

Londonlik xaker o'g'irlangan kompyuterini Facebook orqali topdi


Angliya ko'chalarida yuz bergan tartibsizliklar va talon-tarojda qatnashganlarning katta qismini yigirma yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil qiladi.
Angliya ko'chalarida yuz bergan tartibsizliklar va talon-tarojda qatnashganlarning katta qismini yigirma yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil qiladi.
Londonda ro'y bergan tartibsiliklar vaqtida uyi tunalgan sobiq NASA va Federal Tergov Byurosi hodimi Greg Martin o'g'irlangan kompyuterini Facebook orqali topdi.

Hamma gap shundaki, axborot xavfsizligi bo'yicha mutahassis Greg kompyuteriga josuslik dasturini o'rnatgan edi. Internetdan bepul yuklab olsa bo'ladigan ushbu dastur kompyuterning qayerda bo'lishidan qat'iy nazar, u internetga ulangan zahotiyoq egasiga elektron pochta orqali ma'lumot jo'natib turadi.

- Uyim tunalganidan so'ng ikki kun o'tib elektron pochtamga o'g'irlangan MacBook Pro rusumli kompyuterim internetga ulangani haqida xabar oldim, - deb yozadi Greg Martin o'z blogida.

Gregning o'z blogida yozgan "Nega xakerni o'g'irlamaslik kerak" sarlavhali maqolasida aytishicha, u o'g'irlangan kompyuterini ishlatayotgan insonning internetda qaysi saytlarga kirayotganini va u saytlarda qanaqa ma'lumot borligini josuslik dasturi orqali yaqindan kuzatib borgan.

- Ikki soat davomida diniy sahifalarni va Mercedes rusimidagi avtomobillar sotiladigan veb-saytlarni kezganidan so'ng, o'g'ri o'zining Facebook sahifasini ochdi!, - deb yozadi londonlik xaker.

O'g'rining Facebook sahifasida esa uning to'liq ismi, uy adresi va tahsil olayotgan maktabi nomi bor edi. Greg kompyuteridagi josuslik dasturi hatto kompyuterga o'rnatilgan veb-kamera orqali o'g'rining suratini ham olgan edi. Greg Martin bu ma'lumotlarni politsiyaga topshidi va ko'p o'tmasdan londonlik 18 yoshli Soxeil Halilfar o'g'irlikda gumon qilinib, hibsga olindi.

Halilfar uyiga bostirib kirgan politsiyachilar u yerda Greg Martinning MacBook Pro'sini topishgan. 18 yoshli o'g'ri juma kuni mahkamaga tortiladi.
XS
SM
MD
LG