Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:05

"Real Madrid" o'yinchilari ro'za tutishadi


"Real Mardid" futbol klubi yarim himoyachisi Hamit Altintop muqaddas Ramazon o'yida ro'za tutishini va bu uning futboldagi faoliyatiga yaxshi ta'sir etishishini Turkiya televideniyalarining biri bilan bo'lgan suhbatda aytib o'tdi. Bu haqda Presstv.com veb-sayti xabar bermoqda.

Qirollik klubiga o'tishdan oldin "Shalke", "Bayern Munich" kabi mashhur jamoalarda to'p surgan turkiyalik Hamit Altintopning aytishicha, u balog'at yoshiga yetganidan beri ro'za tutib keladi. Unga ko'ra musulmon futbolchilar Ramazon vaqtida o'zini yana ham dadilroq sezadilar va bu ularning o'yiniga ijobiy ta'sir o'tkazadi.

Xabarga ko'ra, "Real Madrid" klubining boshqa musulmon o'yinchilari fransiyalik Karim Benzema va germaniyalik Mesut Ozil ham Ramazon o'yida jamoa murabbiyi Joze Maurinyo ruxsati bilan ro'za tutishadi.

Ramazon musulmonlar kalendaridagi to'qqizinchi oydir. Bu oyda musulmonlar tong sahardan shomgacha niyat bilan yemoqda, ichmoqda va jinsiy aloqadan tiyilishadi.
XS
SM
MD
LG