Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 11:41

O'zbekistonda qancha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bor?


"Odnoklassniki.ru" ijtimoiy tarmog'ida o'zini O'zbekiston prezidenti Islom Karimov deya tanishtirayotganlar soni oz emas.
"Odnoklassniki.ru" ijtimoiy tarmog'ida o'zini O'zbekiston prezidenti Islom Karimov deya tanishtirayotganlar soni oz emas.
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar dunyoning har chetida ro'y berayotgan katta o'zgarishlarda samarali qurol sifatida ishlatilayotgan bir davrda O'zbekistonda ham ularga qiziqish jadal sur'atlarda o'sib bormoqda. "Yosh to'lqin" loyihasi faollari bu qiziqishni raqamlar orqali o'granishga harakat qilishdi.

Facebook nima deydi?


Dunyodagi eng katta online ijtimoiy tarmog'i Facebook bergan statistikaga ko'ra, Markaziy Osiyodagi Facebook foydalanuvchilarining soni so'nggi yarim yil ichida ikki barobarga ko'paydi va bugun ularning soni qariyb yarim milliondir.

Rasmiy raqamlarga ko'ra, Facebookning jami bo'lib 700 million 400 ming foydalanuvchisi bor. Ularning 395,14 mingtasi Markaziy Osiyoda istiqomat qiladi.

Foydalanuvchilari soni bo'yicha mintaqada Qozog'iston birinchi o'rinda. Mamlakatdagi tarmoq foydalanuvchilarning umumiy soni bugungi kunda 389 mingga teng. So'nggi yarim yil ichida ularing soni 9% ga (24 860) ko'paygan.

O'zbekiston esa ikkinchi o'rinda. O'zbekistondagi Facebookchilarning soni bugungi kunga kelib 82 220 ni tashkil qiladi. So'nggi olti oy ichida bu raqam 33% ga (61 800) oshdi.

Uchinchi o'rinda esa Qirg'iziston. U yerdagi tarmoq foydalanuvchilarining soni bugun 47 900 kishidir. Ohirgi yarim yil ichida Qirg'izistonda 6 800 kishi Facebookga qo'shildi. Bu esa 17% o'sish degani.

To'rtinchi va beshinchi o'rinlarni Tojikiston va Turkmaniston egallab turibdi. Tojikistondagai Facebookchilar soni bugun 21 460 ni tashkil qilsa (44% o'sish), Turkmanistondagi ushbu tarmoq foydalanuvchilarining soni 12 560 kishidir (1,1% o'sish).


Facebookning demografiya ko'rsatkichlari bo'yicha so'ngi ikki oy ichda O'zbekistonda o'zgarishlar bo'lgani yo'q. Facebookdagi o'zbekistonliklarning asosiy qismini (72%) 18 dan 35 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar tashkil qiladi. Gender masalasida esa tengsizlik - 61% erkaklar, 39% ayollar.

"Odnoklassniki.ru" va "Moy mir" da qancha o'zbekistonliklar bor?

"Yosh to'lqin" tahririyatining 2011 yil 17 aprel kuni o'tkazgan tadqiqoti natijalari bugungi kunda RUnet'ning "Odnoklassniki.ru" va "Moy mir" xizmatlari O'zbekistonda eng mashhur va foydalanuvchilari soni tez o'sayotgan internetdagi ijtimoiy tarmoqlari ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, "Odnoklassniki.ru" saytida 1 million 387 ming o'zbekistonlik foydalanuvchi ro'yxatdan o'tgan. Yarim yil oldin bu ko'rsatkich 840 ming edi (65% o'sish).

Mail.ru internet kompaniyasiga tegishli "Moy mir" ijtimoiy tarmog'ida esa bugun 835 ming o'zbekistonlik bor. Olti oy oldin bu ko'rsatkish 623 ming edi (34% o'sish).

Yana raqamlar...

Joriy yilning boshida O'zbekiston davlat idoralari tarafidan mamalakatdagi internet foydalanuvchilarining soni 7 millinoga yetgani haqida bong urilgan edi. Agar shu raqamga asoslanadigan bo'lsak, "Odnoklassniki.ru" saytida o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarning 19%, "Moy mir" xizmatida 12%, "Facebook" saytida esa 1.1% ro'yxatdan o'tgan.

XS
SM
MD
LG