Линклар

Buyuk Britaniyada ikki yigit Internetdagi Facebook orqali tartibsizliklar ishtirokchilari harakatlarini muvofiqlashtirishga uringanlikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sud hukmida aytilishicha, 20 yoshli Jordan Blekshou va 22 yoshli Satkliff-Kinenlar Facebookdan o‘zlari yashaydigan Cheshir va Uorrington shaharlarida tartibsizliklar uyushtirish maqsadida foydalanishga uringan.

Aslida tilga olingan shaharlarda tartibsizlik yuz bermagan – politsiya Internetdagi ma‘lumotlarga tayanib, bu shaharlarda nazoratni kuchaytirgan.

Inson huquqlari tashkilotlari chiqarilgan hukmni o‘ta shafqatsiz, deb baholamoqda.

Yaqinda Britaniya shaharlarida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarda ishtirok etganlardan qariyb 3000 nafari hibsga olindi, ulardan 1300 nafariga ayblov e‘lon qilindi, ayblov e‘lon qilinganlardan uchdan bir qismi voyaga yetmaganlardir.
XS
SM
MD
LG