Линклар

Toshkent metrosida kassalar tashqariga ko‘chirildi


Ilgari metro vyestibyulida bo‘lgan kassalar endi metroga kirvyerishdagi yer osti yo‘laklariga joylashtirilgan.

Ilgari metro vyestibyulida bo‘lgan kassalar endi metroga kirvyerishdagi yer osti yo‘laklariga joylashtirilgan.

Mustaqilikning 20 yilligi arafasida Toshkentdagi keskin o‘zgarishlarga guvoh bo‘layotgan poytaxtliklar buni ham xavfsizlik choraci o‘laroq baholamoqda.

Toshkent metropolitenining ko‘pgina bekatlarida jeton sotuvchi kassalar metro bekati ichkarisidan tashqarisiga ko‘chirildi.

Metropoliten mutasaddilari buning sababini yo‘lovchilarga qulaylik yaratish niyati bilan izohlamoqda.

NewsUz.com sayti Toshkent metropolitenining xavfsizlik masalalari bo‘yicha mutasaddisi A.Abduqodirovning "Tig‘iz harakat payti yo‘lovchilarning uzundan-uzoq navbati yuzaga kelmasligi uchun jeton kassalari vyestibyuldan stansiya tashqarisiga ko‘chirildi" degan so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

Ozodlik muxbirining bu borada ma‘lumot so‘rab qilgan murojaatiga javoban Toshkent Metropoliteni Davlat boshqarmasi xodimi bunga qo‘shimcha birorta ma‘lumot berolmasligini aytdi.

- Hamma kassalarimiz muammosiz ishlab turibdi. Hech qanaqa muammo bo‘layotgani yo‘q,- deya suhbatni qisqa qildi metropoliten ma‘muriyati vakili.

Toshkent metrosi xizmatidan deyarli har kuni foydalanadigan suhbatdoshlarimizga ko‘ra, jeton sotadigan kassalar metro stansiyalarining qariyb hammasida tashqariga ko‘chirib bo‘lingan.

- Metroni ichida avval kirish, deb yozilgan eshikdan kirib, keyin jeton olardik. Hozir tashqaridan olib kirayapmiz. Keyin ichkarida ikkinchi tekshiruv bor. Militsiya xodimlari shubhali ko‘ringanlarning sumkalarini qarab qo‘yapti,- deydi Toshkent shahridagi litseylardan birining o‘qituvchisi Gulruh Karimova.

Unga ko‘ra, kassalarning tashqariga chiqarilgani tig‘iz paytda turnaqator bo‘lib ketadigan yo‘lovchilar uchun biror jiddiy qulaylik bergani yo‘q.

- Menimcha, buning jeton oladiganlar uchun hech farqi yo‘q. Avval ichkarida kutgan bo‘lsak, hozir o‘sha yer osti yo‘laklaridagi kassalar oldida kutyapmiz, shu. Buning ustiga turnaqator navbat faqat ertalablari soat 8 dan 9 gacha bo‘ladi va kechki payt bo‘ladi, xolos. Menimcha, o‘zgarish bo‘lgani yo‘q,- deb hisoblaydi Toshkent metrosidan deyarli har kuni foydaladigan Gulruh Karimova.

So‘nggi paytlarda Toshkent meropolitenida xavfsizlik choralari kuchaytirilayotgani kuzatilmoqda.

Avvaliga metro bekatlarida maxsus metallizlagichlar o‘rnatildi, ba‘zi stansiyalar kiravyerishida militsiya xodimlari posti qo‘yildi.

Shu yil 11 aprelda Minksda sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng joriy etilgan bu chora-tadbirlar orasida bekatlarda videokuzatuvni kuchaytirish chorasi ham bor edi.

Keyichanlik metro bekatlaridagi reklama va e‘lonlar olib tashlanib, ularning o‘rniga tinchlik va bahamjihatlikka chorlovchi shiorlar joylashtirildi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, metroning ayrim bekatlarida yengil ta‘mirlash ishlari ham olib borilmoqda.

Rasmiy matbuotda buning hammasi yo‘lovchilar uchun qulaylik, deya izohlanayotgan bo‘lsada, Toshkent metrosida qatnayotgan poytaxtliklar buni Mustaqillikning 20 yilligi arafasida kuchaytirilayotgan xavfsizlik chorasi, deb taxmin qilmoqda.

Toshkentlik Gulruh Karimovaga ko‘ra, avvallari jeton uchun navbat poylaganlar metallizlagichlar bilan turgan huquq-tartibot idoralari xodimlari oldida yig‘ilib ketardi va bu favqulodda holatlarda jiddiy muammolar paydo qilishi mumkin edi.

- Menimcha, kassalarning ko‘chirilishi xavfsizlik choralari bilan bog‘liq. Shu metroga kiravyerishda odamlarning yig‘ilishi oldini olishga qaratilgan, - deb taxmin qiladi toshkentlik o‘qituvchi.

1977 yilda ishga tushirilgan Toshkent metropolitenida hozir 3 yo‘nalishda jami 29 ta bekat xizmatidan foydalanish mumkin. Rasmiy ma‘lumotlarda har kuni metroga tushadigan yo‘lovchilar soni o‘rtacha 220-250 ming kishini tashkil qilishi aytiladi.

Garchi nazorat choralari tobora kuchaytirib borilayotgan va transport vositasiga chiqib olgunga qadar, ba‘zan, ikki nuqtada navbat poylashga to‘g‘ri kelib qolsada, toshkentliklar orasida narxi 600 so‘mlik bo‘lgan yer osti transporti vositasidan foydalanuvchilar soni kamaygani yo‘q.
XS
SM
MD
LG