Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:52

2000 dan oshiq o‘zbekistonlik Ramazon umrasiga erishdi


Mustaqillik yillarida ramazon umrasi ziyoratini ado etganlar soni jami 80 mingdan oshiroq bo‘ldi. Talabgorlar soni esa bundan bir necha o‘n barobarga ko‘pligi aytiladi.
Mustaqillik yillarida ramazon umrasi ziyoratini ado etganlar soni jami 80 mingdan oshiroq bo‘ldi. Talabgorlar soni esa bundan bir necha o‘n barobarga ko‘pligi aytiladi.
Bahorgi mavsumda 3600 kishi Umraga borgan. Ziyorat uchun navbat poylayotganlar soni esa bundan bir necha o‘n barobarga ortiqdir
.
Bu yil Ramazon oyida o‘zbekistonlik 2 ming 468 ziyoratchiga Umra ziyoratini amalga oshirish imkoni berildi.

Bu haqda O‘zbekistonning Din ishlar bo‘yicha qo‘mitasidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, hozir 4 ta ishchi guruh yetakchiligida Umra ziyoratini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklarning dastlabki guruhi ziyoratni ado etib, O‘zbekistonga qaytgan.

Ularning O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita nomiga yo‘llagan minnatdorlik maktubida ziyoratchilarga yaratilgan sharoitdan chuqur qoniqish ifoda qilingan.

“Biz safarimiz davomidagi shart-sharoitlarni muvofiq tarzda tashkillashtirib bergani uchun ishchi va tashkilotchi guruhga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Madina va Makkadagi mehmonxonalar muqaddas ziyoratgohlarga juda yaqin joylashgan hamda sovutgich, muzlatgich va qulay yashash uchun zarur boshqa jihozlar bilan jihozlangan edi”, mazmunida maktubdan iqtibos keltiradi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmatiga tayangan CA-News nashri.

Qo‘mita mutasaddilaridan biri bu xabarni tasdiqlar ekan, Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda bu yil bahorgi mavsumda Umra ziyoratiga borganlarga ham xuddi shunday yaxshi sharoitlar qilib berilganini qo‘shimcha qildi.

- 2 yarim mingga yaqin ziyoratchi shu Ramazon oyida boruvchilarning soni. Bu yil bahorgi mavsumda ham ziyoratchilar borgan. Ularning soni 3 mingdan oshiq edi. Hammalariga zarur barcha shart-sharoitlar qilib berilgan, - dedi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mulozimlaridan biri Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda.

Rasmiy ma‘lumotga ko‘ra, 2 yarim mingga yaqin Umra ziyoratchilarini kuzatib borish uchun bu yil 4 ta ishchi guruh tayinlangan.

Bundan tashqari, 12 nafar shifokor va 2 oshpaz o‘zbekistonlik umrachilarga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasidan tayinlangan ishchi guruhiga boshchilik qilayotgan mutasaddilaridan biri bilan bog‘lanib, o‘zbekistonlik ziyoratchilarning kayfiyati haqida so‘raganimizda, intervyu berishdan bosh tortgan mulozim qisqagina qilib: “Hamma sharoitimiz zo‘r. Boshqa gapni faqat elchixona ruxsat bersagina aytishim mumkin”, deb javob qildi.

Aholisi soni 28 yarim million kishidan ortgan O‘zbekistonda Umra ziyorati, shuningdek, Haj ziyoratiga borishni istovchilar soni ko‘pchilik.

Ular yillab navbat poylaydi. Xususan, bu yil Umraga otlanganlar safida bu ziyoratni o‘tgan yili niyat qilganlar ko‘pchilik bo‘ldi.

So‘nggi 20 yil ichida O‘zbekistondan borib, Ramazon umrasi ziyoratini ado etganlar soni jami 80 mingdan oshiqroq ekani aytiladi.

Shu kunga qadar, O‘zbekistonda Haj va Umra ziyoratiga boruvchilar soniga nega cheklov qo‘yilgani haqidagi savolga konkret rasmiy javob beruvchi birorta mutasadi tashkilot bo‘lgani yo‘q.

Hozir Umraga boruvchilar ro‘yxatini Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tuzayotgan bo‘lsa, Hajga boruvchilarning ro‘yxatini viloyat, shahar va tuman hokimiyatlari tuzmoqda.

Shu kunlarda Haj ziyoratiga boruvchilarning ro‘yxatini tuzib bitgan Toshkent shahar hokimiyati mutasaddisi bilan suhbatlashish imkoni tug‘ilgan edi, yana bir karra cheklov sabablari haqida surishtirdik.

Bu kishidan ham cheklov haqidagi savol javobini Din ishlari bo‘yicha qo‘mitadan olishimiz mumkinligi haqidagi odatdagi javobni oldik.

- Bilmadim, endi sharoitdan kelib chiqiladiku hamma narsa. Eplash qiyin bo‘layapti hozir. Agar boradiganlarni 10 ming qiladigan bo‘lsa, umuman qiyin bo‘p ketadi u yoqda ularni eplash. Buni bir tomonlama tushunish kerakmasda. Bizning vakolatimizda hal bo‘ladigan masalamas bu. Qo‘mitaga telefon qilsangiz, masalaning boshqa tomonlarini tushuntirib berishadida sizga, - deydi Toshkent shahar hokimiyatining o‘zini tanishtirmagan rasmiysi.

Bu kishining aytishicha, hozir hokimiyatda Haj ziyorati uchun navbat poylayotganlar 2012 va 2013 yillar uchun yozilmoqda.

Bu yil bu shahardan Hajga boradiganlar orasida esa 2007 yilda ro‘yxatda turganlar bor.

- Talab kattada hozir. Toshkent shahriga 750ta, 715ta, shunaqa har xil kvota beriladi har yili. Hozir 2011, 2012, 2013 yilga navbatga turishibdi. 2011 yilga yozilganlar 2012 yilga o‘tdi. Sababi, 2007 yilda 4 ming – 5 ming odamni qo‘mita jivoy ochered qilib yozib qo‘ygan. Shulardan ham 300 ga yaqini yanagi yilga qolayapti, - dedi Toshkent shahar hokimligining o‘zini tanishtirmagan mutasaddilaridan biri.

Unga ko‘ra, Umra va Haj ziyorati uchun cheklov O‘zbekiston respublikasi Haj va Umra ishlari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tomonidan joriy etilgan.

Kengash rahbari Ortiq Yusupov buning sabablari haqidagi murojaatimizni yillar davomida javobsiz qoldirib keladi.

Shu tariqa rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, bu yil ham O‘zbekistondan Haj ziyoratiga boruvchilar soni 5 mingdan oshiqroqni tashkil qiladi.

Umraga borish imkoni berilganlar soni esa 6 mingdan oshiqroq bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG