Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:23

R.O‘tunbayeva: O‘sh va Bozorqo‘rg‘onda fashistik rejim shakllanib qoldi


24.kg agentligiga ko‘ra, bu gapni Qirg‘iziston prezidenti Roza O‘tunbayeva 17 avgust kuni O‘sh shahri huquq-tartibot organlari xodimlari bilan uchrashuvi chog‘ida aytgan.

Agentlik prezidentning mamlakat janubiga qilgan safari doirasida o‘tkazgan uchrashuvi to‘g‘risida xabar qilishicha, O‘tunbayeva yig‘ilish ishtirokchilariga qarata bunday degan:

“Fuqarolar sizlarni yirtqich hayvonga aylangan, har qanday chegaradan chiqib ketgan mentlar, deb atayapti. Ayniqsa, amalda fashistik rejim shakllanib qolgan O‘sh shahri va Bozorqo‘rg‘on tumanidagi vaziyat ayanchlidir. Bunday yirtqichlik Jalolobodda ham, O‘sh viloyatining boshqa tumanlarida ham yo‘q. Bu janubiy poytaxt huquq-tartibot organlari rahbariyati o‘ylanishi uchun jiddiy sababdir”.

Agentlikka ko‘ra, O‘tunbayeva uchrashuv davomida qilgan chiqishi chog‘ida huquq-tartibot organlari va prokuratura xodimlari fuqarolar ustidan zo‘ravonlik qilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni chet el matbuotida har kuni o‘qish mumkinligini aytib o‘tgan va aynan mana bunday degan:

“Noqonuniy hibslar, qiynoqlar to‘g‘risida konkret faktlar keltirilmoqda. Va gap, aksariyat hollarda, o‘zbek millatiga mansub shaxslar ustida bormoqda. Iyun voqealaridan so‘ng bizni genotsid qilganlikda ayblashgani esimizda. Endilikda aparteidda ayblash qo‘shildi. Yetib kelgan joyimizni qarang! Agar huquq-tartibot organlari va kuch ishlatar idoralar o‘zlarini fuqarolarga nisbatan xuddi shunday jirkanch tutishda davom etavyeradigan bo‘lsa, biz o‘zimizni o‘zimiz halok qilamiz. Axir butun boshli bir xalq jinoyatchi bo‘lishi mumkin emas, tartib buzuvchi ayrim kishilar bo‘lishi mumkin. Militsiya o‘shalarning aybini isbotlashi, keyin jazolashi kerak. Lekin qonunni bunday buzish, noqonuniy hibsga olish va qiynoqqa solishga hech kimga ruxsat berilmagan”.

24.kg agentligi xabar qilishicha, O‘tunbayeva fuqarolar shikoyatlarining katta qismi O‘sh shahri huquq-tartibot organlari faoliyati bilan bog‘liq ekanligini ta‘kidlab o‘tgan.

Prezidentning mazkur uchrashuvi to‘g‘risida xabar qilgan boshqa bir agentlik – AkiPress-Fergana mana bunday yozdi:

“Matbuot xizmati R. O‘tunbayevaning mana bu so‘zlarini keltirdi: “Biz aholidan huquq-tartibot organlari tomonidan qonun va qoidalar buzilayotgani, o‘tgan yilgi fojeaviy voqealar bo‘yicha jinoyat ishlari tergovi juda sekin olib borilayotgani to‘g‘risida ko‘plab signallar olayapmiz. Ogohlantirib qo‘ymoqchimanki, har biringiz yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik uchun shaxsan javob berasiz. Tilga olganimiz xato va kamchiliklarni tuzatish uchun bir oylik muhlat beraman. Bir oydan so‘ng natijalar to‘g‘risida hisobot berasiz”.
XS
SM
MD
LG