Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:43

Yushchenko Timoshenkoga qarshi ko‘rsatma berdi


Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yushchenko Rossiyadan gaz sotib olish to‘g‘risida 2009 yili Kiyev bilan Moskva o‘rtasida imzolangan shartnomalarni bekor qilishni taklif qildi.

Yushchenkoning fikricha, o‘sha shartnomalarda Ukraina manfaatlari himoya qilinmagan.

Kecha Yushchenko sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko ustidan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha o‘tayotgan sud majlisida ishtirok etdi.

Timoshenko Rossiyadan gaz sotib olish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolash chog‘ida xizmat vakolatlarini suiiste‘mol qilganlikda ayblanmoqda. Sobiq bosh vazir 5 avgustdan buyon hibsda saqlanmoqda.
XS
SM
MD
LG