Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:20

Pekin Shinjonda tartib o‘rnatmoqchi


Xitoy xavfsizlik kuchlari Shinjon-Uyg‘ur muxtor mintaqasida tartibni kuchaytirish maqsadida maxsus amaliyot boshladi. Xabarlarga qaraganda, mazkur kampaniya ikki oy davom etadi.

Muxtor mintaqa hukumatining ma‘lum qilishicha, ikki oy davomida ko‘chalarda soqchilik kuchaytiriladi, hukumat nazarida radikal islomchilar hamda rejimga muxolif sanaladiganlar yashirinishi mumkin bo‘lgan joylarda tintuvlar o‘tkaziladi.

So‘nggi bir oy ichida Shinjonda kamida 20 kishi millatlararo zo‘ravonliklar qurboni bo‘ldi.

Uyg‘urlar bilan xitoylar o‘rtasidagi munosabatlarning tarangligi yumshamayapti. 2009 yil yozida Shinjonda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar davomida qariyb 200 kishi halok bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG