Линклар

Yana bir "El Klassiko" o'z nihoyayiga yetdi. Bu gal Kataloniyaning "Barselona" futbol jamoasi Ispaniya Superkubogi javob o'yinida Madridning "Real" klubini 3:2 hisobi bilan mag'lub etdi.

Shiddatli hujumlarga va havfli vaziyatlarga boy kechgan uchrashuv haqiqiy "El Klassiko"ga hos ruhda o'tdi, desak yanglishmaymiz. O'yin boshidan qirollik klubi tashabbusni qo'lga oldilar. Biroq "Barsa" o'yinchisi Inyestaning 13-daqiqada kiritgan go'li bunga barham qo'ydi. Bu o'rinda Messining mahorat bilan oshirgan to'piga alohida baho berib o'tish joiz.

Ikkinchi gol o'zini uzoq kuttirmadi. 27-daqiqada burchak to'pi oshirilgandan so'ng "Barselona" darvozasi oldida yuzaga kelgan tushunmovchilik Krishtiano Ronaldoning javob go'li bilan yakunlandi. Hisob 1:1.

O'yin birinchi yarmining so'ngi daqiqasida esa birinchi golga assistentlik qilgan Messi bu gal o'zi "Real"ning darvozaboni Ikar Kasiliasni dog'da qoldirdi. Jamolar 2:1 hisobi bilan tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limning aksar qismi muvaffaqiyatsiz hujumlar bilan o'tdi. Va nihoyat o'yinning 82-daqiqadasi "Real" o'yinchisi Benzema yana darvoza oldidagi tushunmovchilikdan foydalanib, hisobni 2:2 ga yetqazdi va o'yinni yanada jonlantirdi.

O'yin asosiy vaqtining tugashiga 2 daqiqa qolganda Lionel Messi qirollik klubiga chempionlik unvoniga kim loyiq ekanini yana bir bor ko'rsatdi. 88-daqiqada o'zi oshirgan to'pni qaytarib olgan Messi Ikar Kasilias darvozasini yana bir bor ishg'ol etdi. Hisob 3:2.



Shunday qilib, katalanlar o'ninchi marotaba Ispaniya Superkubogining egasiga aylanishdi. Madridning "Real" klubi esa Superkubokni 8 marotaba qo'lga kiritishgan.
XS
SM
MD
LG