Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:24

Tulada 50 o‘zbek qullikda qolmoqda


Keyingi paytlarda qullikka sotib yuborilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshmoqda.
Keyingi paytlarda qullikka sotib yuborilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshmoqda.
Rossiyaning Tula viloyatidagi Avako zavodida 50 nafar o‘zbek mardikori qullikda ushlab, ishlatilmoqda.

Rossiyaning Tula viloyati Zaokskiy tumanidagi Avako zavodida qullikda ushlab turilgan taxminan 90 nafar markaziy-osiyolik mardikorlarning 50 nafariga yaqini O‘zbekiston fuqarolari, xususan, olti nafari surxondaryolik ekani ma‘lum.

Bu haqda ushbu zavodda ishlayotgan o‘zbek mardikorlaridan biri telefon orqali ma‘lum qildi.

Unga ko‘ra, 90 kishining hammasidan pasportlari zavod rahbariyati tomonidan olib qo‘yilgan.

“Mardikorlar atrofi sim to‘siqlar bilan o‘ralgan zavod hududidan chiqish huquqiga ega emaslar. Ishchilar kechayu kunduz dam olishsiz ishlashga majbur”, deya xabar qildi Avako zavodida bir oydan buyon ishlayotgan surxondaryolik mardikor.

- Bizlar zavodga ishga kelgan edik. Tulada Zaokskiy degan posëlkada.

Ozodlik: Ko‘pchilik kelganmisizlar Surxondarëdan?

- Bu yerda 50 kishilar bor. Biz olti kishi kelganmiz.

Ozodlik: 50 kishining hammasi Surxondarëdanmi?

- Bu yerda 90talar bor. U ëg‘i Tojikistondan. Bu yerda bir zonaday joy ekan. Kelganimizga mana bir oy bo‘layapti. To‘rt kunday qoldi bir oy bo‘lishiga. Chegaralangan. Zonada. Zonanikiday sim tortilgan, zabori bor, chegarasi bor.

Ozodlik: Qanaqa zavod?

- Betonlarni ko‘tarib turish uchun damkrat tayërlaydi. Bizning pasportlarni olib qo‘ygan.

Ozodlik: 90 odamning hammasinikini olib qo‘yganmi?

- Olib kelgan kishi bizga 8dan 8gacha 12 soat ish degan. O‘zi ham qochib ketgan.

Ozodlik: O‘zbekistonlikmidi olib borgan odam?

- Ha. O‘zimizning mahallaniki. Qochib ketgan. Kruglosutka ish. Soat degan narsa yo‘q. Xohlasa tong otguncha ishlatadi, xohlasa ikki sutka ishlatadi.

Ozodlik: Qachon dam olasizlar unda?

- Dam olish degan narsa o‘zi yo‘q narsa.

Ozodlik: 24 soat ishlaysizlarmi kuniga?

- 24 soat emas 34 soat ham ishlaymiz. Faqat zakaz bo‘lmay tugab qolsa, mana kelganimizga bir oy bo‘layapti, gde to bir kun dam oldik zakaz bo‘lmay qolgani uchun. Svyet o‘chib, ëmg‘ir ëg‘ib transformatormi bir joylari ënib ketdi.

Ozodlik: 90 odamdan nechtasi o‘zbekistonlik?

- 45-50ka yaqini o‘zbekistonlik.

Ozodlik: Ular qachon kelishgan?

- Ular mana tili qisiq, birovga bir narsa deya olmaydi. 5-6 oydan beri pul berilgani yo‘q. Bularga ham oyiga 10-20 mingdan va‘da qilingan ekan. Besh oymi olti oymi 10 mingdan avans bergan faqat.

Telefonlarimiz:
+420 602 61 27 13
+420 773 26 72 30
Email: uzbekweb@rferl.org
ozodlikmail@gmail.com
Skype: OzodSkype
XS
SM
MD
LG