Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:28

Yana bir o‘zbek qochqini Qozog‘istonda hibsga olindi


O‘zbekiston tomonidan qidiruvga berilgan yana bir o‘zbek qochqini Qozog‘istonda hibsga olindi.

Nosirov himoyasi bilan shug‘ullanayotgan qozog‘istonlik huquq faoli Pavyel Kachetkovning aytishicha, O‘zbekistonda og‘ir jinoyatlarda ayblanayotgan qochqin O‘zbekiston tomonining ekstraditsiya haqidagi so‘rovi asosida qo‘lga olingan va sanoqli kunlar ichida O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi mumkin.

“Nosirov sudning 26 iyul kungi sanksiyasi asosida Uralskdagi hibsxonada ushlab turilibdi.

U 24 iyul kuni Rossiya Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tayotganida O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra ushlangan. O‘zbekiston uni og‘ir jinoyatlar sodir etganlikda ayblab qidiruvga bergan.

Mahkama qarori bilan bu shaxs 1 oylik hibsda ushlab turiladi va bir oy davomida O‘zbekiston huquq-tartibot organlari uni shaxsini aniqlashtiruvchi hujjatlarni taqdim etganidan so‘ng ekstraditsiya qilinishi mumkin. Bir oylik muddat 24 avgustda tugaydi”, - dedi Kachetkov.

Sobirjon Nosirov 24 iyul kuni chegarani kesib o‘tgani haqidagi muhrni pasportiga bostirish uchun Qozog‘istonga kirib chiqishi kerak bo‘lgan.

“Rossiyada vaqtincha qolish muddati tugagandan keyin, Rossiyadan chiqib qaytib kirib ketaman deyotganda, Qozog‘istonda ushlashgan. O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ekan”, - deydi o‘zbek qochqinining o‘z ismini aytishni istamagan tanishlaridan biri.

O‘zbekistonlik muhojirlar Rossiya chegarasini kesib o‘tar ekanlar ularning pasportlariga chegara xizmatchilari mamlakatga kirganini tasdiqlovchi muhrni bosishadi va bu muhr ularga uch oygacha Rossiyada qolish imkonini beradi.

Sobirjon Nosirov O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilganlik kabi og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

Ammo, uning Rossiyadagi o‘z ismini aytishni istamagan tanishi bu ayblovlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytadi.

”U bolaga besh-oltita statya qo‘yibdi. Agar bu ayblovlar rost bo‘ladigan bo‘lsa bu bola besh yilni ichida Rossiyani portlatib yuborishi kerak edi.

O‘zi u oilali, to‘rtta bolasi bor. Nijniy Novgorodda stroykada olti yildan beri ishlagan.

Ayblari qanaqa desangiz, u bolani divyersant deb, davlat tuzumiga tajovvuz qilgan, hullas besh-olti statyani qo‘ygan”, - deydi – o‘z ismini aytmagan Rossiyadagi o‘zbek muxojirlaridan biri.

Qozog‘istonlik huquq faoli Pavyel Kachetkov Nosirov bilan uchrashishga ruhsat berilmayotganini aytadi.

“Uni ishi Xavfsizlik qo‘mitasi nazoratida bo‘lgani bois hozircha u bilan uchrashishga izn berishmadi”, - deydi Kachetkov.

Avvalroq, Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida mardikorlik qilib kelgan 23 o‘zbekistonlik Toshkent so‘roviga ko‘ra qo‘lga olingan va ular ham O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilganlik kabi og‘ir jinoyatlarda ayblanayotgani bildirilgan edi.

2011 yil 9 iyun kuni esa Qozog‘istonda 2010 yil iyun oyidan beri hibsga olingan 29 nafar musulmon qochoqlari O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan edi.

Qozog‘istonning Migratsiya xizmati ularga qochoq maqomini berishdan bosh tortgan va qochoqlar bu qaror ustidan sudlarga bergan shikoyatlari inobatsiz qoldirilgandi.
XS
SM
MD
LG