Линклар

logo-print

O‘tunbayevaning bayonotlari zo‘r, biroq...


O‘shliklarga ko‘ra, Qirg‘iziston janubida tartib posbonlari boshboshdoqligi davom etmoqda.

O‘shliklarga ko‘ra, Qirg‘iziston janubida tartib posbonlari boshboshdoqligi davom etmoqda.

Ozodlik mikrofon tutgan o‘n o‘shlikning olti nafari Qirg‘iziston prezidentining janubda tartib o‘rnatilishi haqidagi bayonotlariga ishonmaydi.

Qirg‘iziston prezidenti 17-18 avgust kunlari O‘shga qilgan safari davomida keskin bayonotlarni berdi. Masalan, Roza O‘tunbayeva militsiya xodimlarini “O‘sh shahri va Bozorqo‘rg‘on tumanida deyarli fashistik tartibni shakllantirganlik”da aybladi, keskin tarzda o‘shlik o‘zbeklarni noqonuniy qamoqqa olishni, ulardan pul undirishni va qiynoqlarni to‘xtatishni talab qildi.

O‘shliklarga: “Prezidentning keskin bayonotlaridan so‘ng inson huquqlari borasida shaharda yuzaga kelgan salbiy ko‘rinish ijobiy tomonga o‘zgaradimi?” deb savol berdik.

Savolimizga inson huquqlari himoyachilari, mahalliy hokimiyat vakillari va oddiy o‘shliklardan javob so‘radik.

O‘shda prezident bilan uchrashgan huquq himoyachisi Izzatullo Rahmatullayev:

- Prezidentga hammamiz arz-dodimizni qildik. Muz ko‘chdi, deb o‘ylayman. Biz mana bir yil davomida qanchadan-qancha muammolarni ko‘tarib keldik. Bunga yetarli darajada e‘tibor berilgan emas. Mana bugungi kunda mana shu muammolar bilan prezidentning o‘zi shaxsan shug‘ullanaman, deb bizga va‘dalarni berdi. O‘ylaymanki, kelajakda shunaqa muammolar hal bo‘ladi.

Huquq himoyachisi Ravshan Gapirov:

- Xalqaro komissiyaning natijalariga javob berish kerak. Noyabr oyigacha bajarishga muhlat berilgan-ku, shuning uchun kelayapti. Lekin hozirgi gapiraëtgan gaplarini oldinroq gapirsa ham bo‘lardi bular. Endi muddat tugaëtganiga yaqin majbur bo‘lishib gapirishayapti. O‘shdagi holatga yaxshi ta‘sir qiladi, degan narsadan yiroqroqdaman. Prezidentning gaplarini inobatga ham olishmayapti. Oldida "ha" deb qo‘yishib, keyin o‘z bilganini qilishayapti.

Huquq himoyachisi Abdumannop Xalilov:

- Bu yana quruq gap-da. 5000 dan oshiq ugolovnoye delo ochilgan bo‘lsa, unga chorasini topmayapti-yu... Uyi kuyganlarga, o‘g‘irlanganlarga, o‘zbeklardan o‘lganlarga bitta-yarimta chora ko‘rmayapti-yu... 5000 dan oshiq delo turibdi. Prezident ham, prokuror ham ochiqdan-ochiq buyruq berolmayapti. “Mana bu nimaga ochilmayapti? O‘lgan nimaga topilmayapti? Mana bu o‘zbekning uyiga o‘t qo‘ygan nimaga topilmayapti?” deya olmayapti. Haqiqatni gapirib chiqsa prezident, "prezident ketsin" deb o‘nta odam chiqadi.

Qorasuv shahri hokimi Ahmadjon Rahimov:

- Prezidentga ishonishadi-da. Aël kishi. "Aël kishi ostonasining tagi jannat" degan gap bor. Albatta aël kishi har doim mehribon bo‘lgan. Faqat tinchlikni, yaxshilikni xohlashib qoldi-da. Shuning uchun prezidentni yaxshi kayfiyatda kutib olishdi.

O‘shdagi mahalla faollaridan biri Manzura opa:

- Yo‘q, ishonmayman. Boshida prosto o‘zbeklarni qo‘rqitib, o‘zbekning pulini yeb o‘rganishib qoldi-da. Ozgina nima bo‘lsa, qo‘rqitib olib ketib, pulini olib, yana qaytarib chiqarib yuborgan yerlari bor. Bularni prezident ham biladi.

Ozodlik: Real harakat qilmayapti, faqat gapirib qo‘yayapti, demoqchisiz-da?

- Ha, prosto gapirib qo‘yayapti. Chunki hamma ëqqa bularning qilgan ishi ëyilib ketdi.

O‘shlik Solijon aka:

- Yo‘q, yo‘q, yo‘q ishonmaymiz. Prezidentga katta rahmat. Shu gaplarni gapirdi. Men ham televizorda eshitdim uni.

Ozodlik: Bu gaplarni gapirgani uchun prezidentga rahmat, ammo ishonmayman deyapsiz. Sababi?

- Ikki-uch oy burun prezident mana shunaqa gaplarni gapirgan edi. Shunga qaramasdan, militsiya organlari hech qanaqa o‘zgarish bo‘lmasdan shu kungacha yetib keldida bu ishlar.
XS
SM
MD
LG