Линклар

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasida “Yuksak ma‘naviyatli aviaxizmatchi” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmatiga tayanib SA-News sayti xabar qildi.

Aytilishicha, kompaniya yosh xodimlari orasidan eng talantli va ma‘naviyati boylarni aniqlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan tanlov O‘zbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tkazilmoqda.

Shu kunlarda tanlovning viloyatlardagi birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Viloyat aeroportlari xodimlari orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar respublika miqyosida o‘tkaziladigan yakuniy bosqichda o‘zaro kuch sinashadilar.

Tanlov ishtirokchilari o‘lka tarixi, urf-odatlari, o‘zi ishlab turgan korxona muammolari to‘g‘risida aytib berishi, aviakompaniyani reklama qilishi kerak, deyiladi tanlov to‘g‘risidagi xabarda.

“Kamolot” tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning aviayo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini hamda parvozlar xavfsizligini oshirishga aloqasi bor-yo‘qligi to‘g‘risida xabarda aytilmagan.
XS
SM
MD
LG