Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:47

Raqibimiz o'zgardi: "O'lim guruhi"da Suriya o'rniga Tojikiston o'ynaydi


2014 yili Braziliyada o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionati saralash o'yinlarining uchinchi bosqichida O'zbekistonning raqibi almashadigan bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasi joy olgan "O'lim guruhi"da Suriya terma jamoasi o'rniga endi Tojikiston termasi o'ynaydi.

Saralash o'yinlarining ikkinchi bosqichida Suriya terma jamoasi Tojikiston termasi bilan ikki uchrashuv o'tkazib, ularda 2:1 va 4:0 hisoblari bilan g'alaba qozongan edi. Biroq, keyinchalik aniqlanishicha, Tojikistonga qarshi maydonga chiqgan Suriya o'yinchisi Jorj Murod 2005 yili Shvetsiya terma jamoasi tarkibida ham to'p surgan egan. Buni aniqlagan Tojikiston Futbol Federatsiyasi FIFA ga bu borada yechim chiqarish bo'yicha rasmiy iltimosnoma yuborgan edi.

FIFA tashkiloti ushbu masala yuzasidan qaror chiqardi. Qarorga ko'ra, Jahon chempionati saralash o'yinlarining ikkinchi bosqichida Tojikiston termasiga qarshi o'tkazgan uchrashuvlarida Suriya uchun texnik mag'lubiyat yoziladigan bo'ldi. Tojikiston terma jamoasi esa uchinchi bosqichda Suriya o'rniga o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, "O'lim guruhi" nomini olgan "C" guruhida O'zbekiston bilan birga Yaponiya, Shimoliy Koreya va Suriya terma jamoalari o'rin olgan edi.

Jahon chempionati saralash o'yinlarining uchunchi bosqichi O‘zbekiston uchun sentabr oyida boshlanadi. 2 sentabr kuni terma jamoamiz bosqich 1-turida Tojikiston jamoasi bilan bellashadi.
XS
SM
MD
LG