Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:30

Eronda ikki amerikalik uzoq muddatga qamaldi


Sh.Bauer (ch), S.Shurd (o‘r.) va J.Fattal, Eron, 2010 yil may.
Sh.Bauer (ch), S.Shurd (o‘r.) va J.Fattal, Eron, 2010 yil may.
Eron sudi AQSh fuqarolari bo‘lgan Sheyn Bauyer va Josh Fattalni josuslikda ayblab, sakkiz yildan qamoq jazosiga hukm qildi.

Eron davlat televideniyesi ular mamlakatga “noqonuniy kirgani” uchun uch yildan, “josuslik” uchun yana besh yildan ozodlikdan mahrum qilinganini bildirdi

Amerikalik alpinistlar advokati Mas‘ud Shafiy hali bu ish bo‘yicha sud hukmini qo‘liga olmaganini aytdi.

- Menga hukm na rasmiy, na norasmiy tarzda topshirildi. Hukmni qo‘lga olganimdan keyin u haqda biron narsa aytishim mumkin, - dedi advokat Shafiy.

Tehronda jurnalistlar uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida Eron Bosh prokurori Abbos Jafariy Davlatobodiy Sheyn Bauyer va Josh Fattal sud chiqargan hukm yuzasidan 20 kun ichida shikoyat arizasi yozish huquqiga ega ekanini ma‘lum qildi.

27 yoshli Sheyn Bauer, 31 yoshli Sara Shurd va 27 yoshli Josh Fattal 2009 yilning iyul oyi oxirida Eron chegarachilari tomonidan qo‘lga olingan edilar.

Iroq hududida toqqa chiqqan uch alpinist g‘arazli niyatda emas, balki yanglishib Eron hududiga o‘tib qolganini ta‘kidlab kelmoqda.

O‘tgan yil sentabrida 500 ming AQSh dollari miqdoridagi garov puli evaziga hibsdan ozod bo‘lgan Sara Shurd AQShga jo‘nab ketgan.

Reyters axborot agentligi xabariga ko‘ra, Sheyn Bauyer va Josh Fattal ustidan sud yopiq tarzda o‘tkazilgan.

Sharhlovchilar 20 avgust kungi sud hukmi AQSh-Eron munosabatlarini yanada taranglashtirishi mumkin, degan fikrda.

Ayni paytda ba‘zi axborot agentliklari Sheyn Bauyer va Josh Fattal 1 avgust kuni boshlangan va shu haftada tugaydigan musulmonlarning muqaddas Ramazon oyida mehr-muruvvat izhori o‘laroq ozod qilinishi mumkinligini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG