Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:40

Isyonchilar Tripolida g‘alabani nishonlamoqda


Liviyalik isyonchilar poytaxt Tripoli markazida g‘alabani nishonlamoqda.

Shaharning Yashil maydonida isyonchilar osmonga o‘q uzib, xursandchilik qilmoqda.

Ayni paytda Xalqaro jinoyat sudi matbuot vakili Qaddafiyning o‘g‘li Sayful Islom isyonchilar tarafidan hibsga olinganini tasdiqladi.

Avvalroq isyonchilar Qaddafiyning ikki o‘g‘lini qo‘lga olganliklarini aytishgan edi.

Ayni paytda Xalqaro jinoyat sudi ularni hibs etishga order bergan.

AQSh Davlat departamenti Qaddafiyning sanoqli kuni qoldi, deb bayonot berdi.
XS
SM
MD
LG