Линклар

Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi, ayni damda "Anji" klubi sha'nini himoya etayotgan hamyurtimiz Oldil Ahmedov Rossiya chempionatining 21-turida "Dinamo" jamoasiga qarshi o'yinda jarohat oldi.

"Anji" klubi foydasiga yakunlangan o'yindan (2:1) so'ng Odil Ahmedov kasalxonaga yetkazilgan va u yerda uning miyasini tomografiyadan o'tkailgan. "Anji" klubi shifokorlarining aytishicha, Ahmedovga miya chayqalishi va uning oqibatida bir necha soniyaga xotira yo'qotilishi tashxisi qo'yilgan.

Dushanba kuni hamyurtimiz takroran shifokorlar ko'rigan o'tishi aytilmoqda.

Odil Ahmedovning tan jarohatiga sabab uning o'yin so'nggi daqiqalarida "Dinamo" hujumchisi Andrey Voroninga qarshi top uchun kurashgani deyilmoqda. Eslatamiz, jarohat olganiga qaramasdan Ahmedov o'yin ohirigacha maydonni tark etmadi.

O'zbekiston terma jamoasining muhim o'yinchilaridan birining Jahon chempionati saralash o'yinlarining uchinchi bosqichi boshlanishi oldidan tan jarohat olishi, albatta, o'zbek futboli muhlislari uchun ko'ngilsiz holdir. O'ylaymizki Odil Ahmedov 2 sentabr kuni Tojikiston terma jamoasiga qarshi o'tadigan o'yingacha maydonga chiqa oladi.
XS
SM
MD
LG