Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:02

Chagayev: "Jangning qanday tugashi yolg'iz xudoga ayon"


27 avgust kuni Germaniyaning Erfurst shahrida WBA yo'nalishi bo'yicha eng o'gir toifasida jahon chempioni kamari uchun hamyurtimiz Ruslan Chagayev rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi ringga chiqadi. Jangga sanoqli kunlar qolar ekan Ruslan Boxen.com veb-saytiga Povetkin bilan uchrashuv bo'yicha intervyu berdi. Quyida nemischadan o'zbekchaga tarjima qilingan intervyuni e'tiboringizga havola etamiz.

- Janob Chagayev, 27 avgust kuni siz yana bir bor Jahon chempionligi kamari uchun ringga chiqasiz. Bu safar Aleksandr Povetkinga qarshi. Bunday imkoniyatga mamnunmisiz?

Ruslan Chavayev: Albatta, men yana bir bor jahon chempionligini qo'lga kiritish uchun bo'lgan imkoniyatni sabrsizlik bilan kutyapman. Men eski unvonimni qaytarishga rag'batliman. Bu uchun men ko'p mashg'ulotlar o'tkazdim va hozir jangga butunlay tayyorman. Shuning uchun ham janggacha qolgan sanoqli kunlari sabrsizlik bilan o'tkazyapman.


- Siz 2007 yilning 14 aprelida Shtutgart shahrida 2 metrlik bokschi Nikolay Valuyev ustidan g'alaba qozonib, Jahon chempioni bo'lgan edingiz. O'shanda chempionlik kamarini qo'lga kiritganda nimalarni his etgansiz?

Ruslan Chavayev: Jang oldidan men Valuyev ustidan g'alaba qozonishga real imkoniyatim borligiga ishonar edim. Bu g'alaba men uchun o'zgacha ekanligini faqat jangdan so'ng tushunib yetdim. O'shanda jang oldidan yengilmas Valuyevning kuragi yerga tegishiga hech kim ishonmas edi. Lekin men buning uddasidan chiqa oldim.

- 2009 yilda IBF va WBO yo'nalishlari bo'yicha Jahon chempioni Vladimir Klichkoga yutqazgan edingiz va shunda chempionlik kamaridan ayrilgansiz. Shudan so'ng murabbiyingiz Maykl Timm bilan ishlashni vaqtincha to'xtatgan edingiz. Biroq hozir u siz bilan yana ish olib bormoqda. Nega Timm yana sizning murabbiyingizga aylandi?

Ruslan Chavayev: Negaki u juda yaxshi murabbiy! Men u bilan bir vaqtlar dunyoni zabt etdim. O'ylaylamnki ikkinchi urinishda ham buni uddasidan chiqa olamiz. U mening kuchli taraflarimni aniq biladi va meni yaqinlashayotgan jangga a'lo darajada tayyorladi. Biz bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz.

- Valuyev ustidan g'alaba qozonganingizda Maykl Timm sizga murabbiylik qilgan edi. Sizning murabbiyingiz jang olib borish strategiyasini, ya'ni san'atini yaxshi biladimi?

Ruslan Chavayev: Ha, "Timmi" juda yaxshi strateg. U har doim raqibni yaxshi o'rganadi va jangga eng qulay taktikani tayyorlaydi.

- Uchrashuvni Germaniyada o'tayotganini xursandmisiz?


Ruslan Chavayev: Men sportchiman va har joyda ringga chiqishim mumkin. Biroq Germaniya men va mening oilam uchun ikkinchi uyga aylandi. Bu yerda mening do'stlarim, muhlislarim bor. Shu bois ham men bu yerda o'zimni juda qulay his etaman. Shu bilan birga O'zbekistonda ham meni ko'plab muhlislar qo'llab-quvvatlashini bilaman.

- Siz havaskorlar va professionallar o'rtasida Jahon chempioni bo'lgansiz. Aleksandr Povertkin ham havaskorlar o'rtasida chempion bo'lgan va Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan. Demak biz 27 avgust kuni haqiqiy chempionlar jangiga guvoh bo'lamiz ekanda?

Ruslan Chavayev: Nima bo'lgan taqdirda ham men bu jangda bor kuchimni ishlataman. Aleksandr ham kuchli, biroq men hech qachon o'z yo'limdan qaytmaganman. Men Vladimir Klichko va Nikolay Valuyev kabi bokschilar bilan kuch sinashdim. Tomoshabinlar albatta qiziqarli jang guvohi bo'lishadi.

- Raqibingizning kuchli taraflari qaysilar?

Ruslan Chavayev: U o'z taktikasini tezda almashtira oladi. Tajovuzkor yoki qulay paytni poylab sabrli jang olib borishi mumkin.

- Sizningcha, jang necha raund bo'ladi?

Ruslan Chavayev: Jangning qanday tugashi yolg'iz xudoga ayon. Men g'alaba qozonish uchun o'zimni to'liq jang vaqtiga tayyorlaganman!
XS
SM
MD
LG