Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:56

O‘zbekistonda 500 so‘mlik tanga chiqariladi


500 so‘mlik qiymatga ega bo‘lgan yubiley tangalari
500 so‘mlik qiymatga ega bo‘lgan yubiley tangalari
1 sentabrdan boshlab O‘zbekiston Markaziy banki mamlakat ichida qiymati 500 so‘mga teng bo‘lgan yubiley tangalarini muomalaga kiritadi.

O‘zbekiston Markaziy banki saytining xabar qilishicha, mazkur tangalar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligiga bag‘ishlanib chiqarilmoqda.

Nikel qotishmasi bilan qoplanmish po‘latdan tayyorlangan, rangi oq bo‘lgan tanganing old tomonida Toshkent shahridagi “Xalqaro Anjumanlar saroyi” binosi tasvirlangan bo‘lib, tasvirning pastki qismida tanganing qiymati - 500 raqami va uning tagida lotin bosma harflari bilan “so'm” so‘zi yozilgan.

Bank matbuot xizmatiga ko‘ra, tanganing tashqi qirrasi bo‘ylab bosma lotin harflari bilan “O"ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 20 YIL” so‘zlari aylanasimon ko‘rinishda yozilgan. So‘zning boshi va oxirini bo‘rtib chiqqan nuqta chegaralagan.

“Tanganing orqa tarafi markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi qirrasi bo‘ylab bosma lotin harflari bilan “O’ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” so‘zlari aylanasimon ko‘rinishda yozilgan. Gerb tagining markaziy qismida tanganing ishlab chiqarilgan yili bo‘rtib chiqqan ikki nuqta bilan chegaralangan “2011” raqami ko‘rsatilgan. Tangalarning orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab 72 dona bo‘rtib chiqqan sferik nuqtalar joylashtirilgan”, deya xabar qilgan O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati mustaqillik tangalarning yon qirrasi silliq. diametri - 25,0 mm, qalinligi - 1,6 mm, og‘irligi - 6,0 gramm ekanini va bu tangalar mamlakatda muomalada yurgan banknotlar va tangalar qatorida cheklovlarsiz barcha to‘lovlar uchun qabul qilinishi shartligini qo‘shimcha qiladi.

O‘zbekiston mustaqilligining 5 yilligi va 10 yilligi munosabati bilan avval ham mamlakatda yubiley tangalari chiqarilgan. Xususan, 1996 yilda “O'ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 5-YIL” tangasi, 2001 yilda esa “O'ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10-YILLIGI" tangalari muomalaga kiritilgandi. Asnoda 1996 yilda 50 so‘mlik, 2001 yilda 100 so‘mlik, 2011 yilda esa 500 so‘mlik tangalarning chiqarilishi, kuzatuvchilarga ko‘ra, ma‘lum ma‘noda yillar o‘tgan sayin O‘zbekistonda milliy valyuta tobora qadrsizlanib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda milliy valyuta – so‘m joriy qilinganidan buyon mamlakatda 1 tiyindan 500 so‘mgacha bo‘lgan tangalar chiqarilgan bo‘lib, bugungi kunda mayda chaqalarning aksariyati (50 so‘mgacha) muomalada qariyb yo‘q.

36 nomdagi yubiley tangalarining dastlabkisi (qiymati 50 so‘mlik) 1996 yilda muomalaga kiritilgan.
XS
SM
MD
LG