Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 02:01

UZ domen hududida yangi qoidalar joriy qilindi


O'zbekistonning internetdagi milliy UZ domen hududida domen nomlarini ro'yxatdan o'tkazmoqchi bo'lganlar uchun yaxshi yangilik. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil to'lishi munosabati bilan UZ domen hududi ma'muriyati bir qator yangi tartib-qoidalar joriy qilmoqda.

Yangi tartibning eng kattasi bu domen nomini 4 va 5 yilga ro'yxatga olish yoki cho'zdirish imkoniyatidir. Eslatamiz, bundan oldin .Uz hududida domen nomlarini ro'yxatdan o'tkazish va cho'zdirish 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan muddatga mumkin edi.

Ikkinchi yangilik bo'yicha endi domen egalari domen nomini bir ro'yxatdan o'tkazuvchi yuridik shaxsdan ikkinchisiga transfer qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Transfer qilingan domen nomining ro'yxatga olinish sanasi esa transfer sanasiga binoan bo'ladi. Transfer narxi domen nomini ro'yxatga olish narxida teng.

Yana bir o'zgartish - ro'yxatga olingan domen nomining tugash muddatini cho'zdirish. Endi domen egalari oldindan to'langan muddat ichida domen ro'yxatning tugashini belgilashi mumkin. Bu xizmat bepul ko'rsatilishi aytilmoqda.

Ayni damda O'zbekistonda UZ domen hududida ro'yxatga olish xizmatini 7 yuridik shaxs olib boradi. UZ hududida domen nomini ro'yxatga olish (bir yilga) 20 AQSh dollarini tashkil etadi. Ro'yxatni cho'zdirish esa yiliga 15 AQSh dollari turadi. Ayrim ro'yxatga oluvchi shirkatlar UZ hududida domen nomini uch yil muddatga ro'yxatga olishni 40 AQSh dollariga amalga oshiradi. Hozircha domen nomlarini 4 va 5 yil ro'yxatga olish qancha turishi haqida aniq ma'lumot yo'q.

Eslatamiz, bugungi kunga kelib UZ domen hududida 12,6 mingdan ziyod domen nomlari ro'yxatdan o'tgan. Joriy yil boshida domenlar soni 11,1 ming edi (14,2% o'sish).
XS
SM
MD
LG