Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:59

Isyonchilar Tripolini ishg‘ol qildi: Qaddafiydan darak yo‘q


Liviyalik isyonchilar poytaxt markazida g‘alabani nishonlamoqda - Yashil maydon Qaddafiy muxoliflari bayramiga chulg‘andi.

Liviyalik isyonchilar 22 avgust kuni poytaxt Tripoli markaziga kirib bordi va Tripoli markazida g‘alabani nishonlashga kirishdi.

Xalqaro telekanallar¸ isënchilar va ular tarafdorlarining ehtirosli baënotlarini namoyish qilmoqda.

- Bu biz necha yillar kutgan tarixiy onlardir. Bu g‘alaba uni ko‘ra olmay shahid ketganlar uchun eng yaxshi taskindir¸ deydi Roytars muxbiriga gapirgan beng‘ozilik Muhammad Sobir ismlik namoyishchi.

Kunning ikkinchi yarmida Beng‘ozida matbuot anjumani o‘tkazgan Liviya O‘tish davri milliy kengashi raisi Mustafo Abdul Jalil Qaddafiy hokimiyati o‘tmishga aylanganini baën qildi:

- Olloh irodasi bilan Qaddafiy intihosi ëshlar qo‘li bilan amalga oshdi. Liviya ëshlari ham arab davlatlaridagi Arab bahoriga qo‘shildilar. Endilikda men mutlaq ishonch bilan Qaddafiy davri poëniga yetganini e‘lon qilaman¸ dedi Liviya O‘tish davri milliy kengashi raisi Mustafo Abdul Jalil.

Oldinda turgan yo‘lning atirgullarga to‘la tekis va ravon bo‘lmasligidan ogohlantirgan Liviya muxolifati yetakchisi¸ mamlakat aholisini og‘ir-vazmin bo‘lish¸ boshqalar mulkiga daxl qilmaslikka chaqirdi va Qaddafiy rejimining adolat oldida javob berajagini va‘da etdi.

Aytilishicha¸ 22 avgust saharda isënchilar poytaxtga qarshiliksiz kirib kelgan ¸shahar ahli ularni iliq kutib olgan. Shahar va shaxsan polkovnik Muammar Qaddafiyni qo‘riqlab turgan harbiylar muxolifat tomoniga o‘tgan va inqilobchilar saflariga qo‘shilgan.

Қаддафий мухолифлари Триполини эгаллади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:34 0:00


Qaddafiyning ikki o‘g‘li Sayful Islom va Sa‘d Qaddafiylar isyonchilar tarafidan qo‘lga olingan.

Xalqaro jinoyat sudi vakili Liviya rahbari Muammar Qaddafiy o‘g‘illarining isyonchilar qo‘lida ekanini tasdiqladi.

Ayni paytda Xalqaro jinoyat sudi ularni hibs etishga order bergan.

Sayful Islom Qaddafiy otasi bilan birga Xalqaro jinoyat sudi tarafidan insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanadi.

Hozircha Muammar Qaddafiyning o‘zi qayerda ekani ma‘lum emas.

Isyonchilar, agar Qaddafiy mamlakatni tark etsa, janglarni to‘xtatishlarini aytishgan.

Liviya isënchilarining O‘tish davri milliy kengashining Londondagi diplomatik vakili Mahmud Nakua¸ Qaddafiy muxoliflari uni yer tagidan bo‘lsa ham qidirib topajagini bildirdi:

- Menimcha¸ Qaddafiy hali ham mamlakat ichkarisida. Jangchilarimiz uni topib qo‘lga olish va mahkamaga olib kelish uchun kerak bo‘lsa¸ har bir toshni joyidan jildiradi¸ dedi Nakua dushanba kuni.

Isënchilar hukumati rasmiysi¸ Tripolida Qaddafiyni qo‘llaëtgan sanoqli guruhlar qolgani va ular bilan to‘qnashuvlar davom etaëtganini ayta turib¸ poytaxtning 95 foizini qurolli muxolifat nazorat qilaëtganini ta‘kidladi.

Isënchilar vakili NATO ga Liviya xalqi talablarini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirgan bo‘lsa¸ Qaddafiy matbuot vakili Musa Ibrohim NATOni isyonkorlarni dastaklaganlikda aybladi.

- NATO Tripoli atroflarida hujumlarni kuchaytirib, isyonchi kuchlarning xotirjam shaharga bostirib kirishi uchun yo‘l ochib berdi. Bu shaharda qurbonlar tasavvur qilib bo‘lmas darajada, dedi Musa Ibrohim.

Qaddafiy matbuot vakiliga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida 1300 odam halok bo‘lgan.

Qaddafiyni qo‘lga olish uchun so‘nggi janglar boraëtgan ayni kezlarda¸ mamlakatda hokimiyat bo‘shlig‘i paydo bo‘lmasligi uchun O‘tish davri milliy kengashi zudlik bilan Beng‘ozidan Tripoliga ko‘chib o‘tishni rejalamoqda. Isënchilarning Londondagi vakiliga ko‘ra¸ kelgusi kunlar ichi Liviya o‘tish davri hukumati tuziladi va butun mamlakat bo‘ylab ishga kirishadi.

Ayni paytda¸ xalqaro hamjamiyat Liviyada Qaddafiy rejimining qariyb qulaganini olqishlamoqda.

- Liviya xalqining erkinlik istagi o‘z tarixiy nuqtasiga yaqinlashdi. Yangi Liviya kuchlarining tolmas urinishlari NATO harbiylari¸ YeI ning ayrim a‘zolari va mintaqa davlatlari ko‘magida Qaddafiy rejimiga xotima yasamoqda¸ dedi Yevropa Komissiyasi matbuot kotibi Oliv‘er Beyli.
XS
SM
MD
LG