Линклар

logo-print

Tripolida jurnalist O‘rxon Jamol yaralandi


Rossiyalik jurnalist Liviyada davom etayotgan to‘qnashuvlarda yaralangan yuzlab¸ balki minglab odamdan biri.

Rossiyalik jurnalist Liviyada davom etayotgan to‘qnashuvlarda yaralangan yuzlab¸ balki minglab odamdan biri.

Tripolida bo‘layotgan janglar davomida “Izvyestiya” gazetasi maxsus muxbiri¸ ayni paytda O‘zbekiston Xalq harakati a‘zosi O‘rxon Jamol yaralandi.

"O‘rxon Muammar Qaddafiy tarafdorlari va isyonchilar o‘rtasida bo‘layotgan janglar davomida oyog‘idan yaralandi", deydi Ozodlikka bu xabarni tasdiqlagan “Izvyestiya” nashriyot xoldingi PR-direktori Anna Sharonova.

- Bugun, 21-dan 22-chi avgustga o‘tar kechasi u Tripoli ostonasida oyog‘idan yaralandi. O‘q oyog‘ini teshib suyakka tegib o‘tgan. U hozir gospitalda, oyog‘ida operatsiya qilindi. Afsuski, Liviyada vaziyat mushkulligi tufayli u bilan aloqa o‘rnatishning iloji bo‘lmayapti. Ammo aytishim mumkinki, uning hayoti xavf ostida emas. U bilan bevosita gaplashgan gazetamiz bosh muharriri Aleksandr Milyutinga ko‘ra, O‘rxan Jamolga daydi o‘q tekkan va uni jang maydonidan isyonchi askarlar olib chiqqan, deydi “Izvyestiya” rasmiysi.

Anna Sharonova voqea tafsilotlari hozircha noma‘lum qolayotgan bir paytda¸ harbiy jurnalist O‘rxon Jamolni Liviyadan olib chiqish masalasi muhokama etilayotganini bildirdi.

Harbiy ekspert O‘rxon Jamol urush boshlanganidan beri Liviyaga bir necha marotaba borgan. “Izvyestiya” nashri uning Beng‘ozi va boshqa shaharlardan isyonchilarning hayoti haqidagi reportajlarni chop etgan.

O‘rxon Jamol 2008 yilda ruslarning “Vostok” bataloni bilan birga gruzin qishloqlari hujumida ham jurnalist sifatida ishtirok etgan va bu haqda kitob yozgan.

O‘rxon Jamol – rossiyalik jurnalist, “Dojd” telekanalining harbiy tahlilchisi, “Izvyestiya” gazetasining maxsus muxbiri, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert. Moskvada 1966 yilda tug‘ilgan. Taniqli siyosatshunos va Rossiya Islom qo‘mitasi raisi Geydar Jamolning o‘g‘li. “Rossiya musulmon jurnalistlari ittifoqi”ning asoschi va yetakchilaridan biri.

2011 yilning may oyida O‘rxon Jamol O‘zbekiston Xalq harakatining Berlinda o‘tkazilgan ilk qurultoyida harakat a‘zoligiga qabul qilingan.
XS
SM
MD
LG