Линклар

Podmoskoveda o‘zbek oilasi o‘ldirib ketildi


Iran -- An Iranian drug addict injects himself with heroin at a park in a working class neighbourhood in southern Tehran, 28Jun2006

Iran -- An Iranian drug addict injects himself with heroin at a park in a working class neighbourhood in southern Tehran, 28Jun2006

O‘tgan shanba Solnechnogorskda o‘zbek ayoli va uning ikki bolasini o‘ldirganlikda gumonlanib Turkmaniston fuqarosi hisbga olindi.

20 avgust Moskva viloyati tergov qo‘mitasi Solnechnogorsk tumani Lunyovskoye ma‘muriy punktiga qarashli Chyorniye Gryazi qishlog‘ida joylashgan “Eko-Layn” tijorat shirkatiga qarashli omborxonalardan birida 31 yoshli o‘zbekistonlik ayol va uning ikki nafar farzandi murdasi topildi.

Ozodlik bilan suhbatda bu ma‘lumotni tasdiqlagan Moskva viloyati Bosh tergov qo‘mitasi adliya kapitani Irina Gumyonnayaga ko‘ra, 15 avgust kuni o‘zbek ayol va uning ikki bolasini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan 31 yoshli Turkmaniston fuqarosi hibsga olingan.

- Ular so‘nggi ikki yil davomida birga yashab kelgan. Qotillikdan uch hafta oldinroq bu ayol u bilan aloqalarni uzgan, chunki bu yigit oxirgi to‘rt oy davomida geroin qabul qilishni boshlagan. Albatta, bu holat ayolning noroziligiga sabab bo‘lgan. Turkmanistonlik yigit ayolni rashk qilib temir truba bilan boshiga urgan, keyin esa bo‘g‘ib o‘ldirgan. Guvohlarni qoldirmaslik maqsadida u qotillik ustiga kelib qolgan 9 yoshli qizcha va 8 yashar o‘g‘il bolani ham bo‘g‘ib o‘ldirgan. Bolalarning o‘liklarini u karavot tagiga yashirib ketgan, deydi Moskva viloyati Bosh tergov qo‘mitasi adliya kapitani Irina Gumyonnaya.

Solnechnogorsk shahar sud-tibbiy ekspertiza bo‘limi xodimlari 1980 yilda tug‘ilgan bu ayolning familiyasi Rajapova ekani, farzandlari ham¸ o‘zi ham O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgani, ular jasadi hozirda mahalliy ekspertiza bo‘limida ekanini ma‘lum qilishdi.

Irina Gumyonnaya tergov davomida Solnechnogorsk tumani Ichki ishlar boshqarmasi mahalliy politsiya bo‘limining qotillikka olib kelgan vaziyatga sovuqqonlik bilan qaragani yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma‘lum qildi.

O‘zbekiston fuqarolari jasadlari topilgan “Eko-Layn” tashkilotiga nisbatan ham Moskva viloyati Federal migratsiya xizmati boshqarmasi tomonidan tekshirish o‘tkaziladi, deydi Ozodlikka o‘zini Daniil deb tanishtirgan boshqarmaning Solnechnogorsk tumani Immigratsiya nazorati xodimi.

- Odatda bunday hodisalar yuz berganda Tergov qo‘mitasi va prokuratura bizga bu hodisaning yuzaga kelishi sabablarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma yuboradi. Hozircha taftish boshlangani yo‘q, lekin nima sababdan o‘zbekistonlik ayol hech qanday hujjatlarsiz farzandlari bilan “Eko-Layn”ga qarashli binoda uzoq vaqt davomida istiqomat qilgani, shu yerda ishlagani sabablarini aniqlashga harakat qilamiz, dedi Moskva viloyati Migratsiya xizmati xodimi.

Tergov qo‘mitasi rasmiysi Irina Gumyonnayaga ko‘ra, hozirda hisbga olingan Turkmaniston fuqarosiga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoiy Kodeksining 105-moddasi 2-qismi - qotillik yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Agar qo‘yilayotgan ayb sudda o‘z isbotini topsa¸ Turkmaniston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.
XS
SM
MD
LG