Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:55

Sayful Islom: otam Tripolida, bexavotir joyda


Isyonchilar tarafidan hibsga olingani aytilgan Muammar Qaddafiyning o‘g‘li Sayful Islom ozodlikda ekani ayon bo‘ldi. Seshanba kuni u Tripolida ko‘rinish berdi.

Liviya rahbarining 39 yoshli o‘g‘li otasi Muammar Qaddafiy Tripolida, bexavotir joyda ekanini aytdi va shahar isyonchilar tarafidan ishg‘ol etilganini rad etdi.

Qaddafiyning yana bir o‘g‘li Muhammad esa hibsdan qochgani xabar qilinmoqda.

Avvalroq Xalqaro jinoyat sudi prokurori Sayful Islom isyonchilar tarafidan qo‘lga olinganini tasdiqlagan va uni insoniyatga qarshi jinoyatlar bo‘yicha mahkama kutayotganini aytgan edi.

Ayni paytda Muammar Qaddafiyning o‘zi qayerga g‘oyib bo‘lgani noma‘lumligicha qolmoqda.

Ayni paytda Liviya poytaxti Tripolida, polkovnik Muammar Qaddafiy qarorgohi atrofida qaqshatqich janglar davom etmoqda.

Yakshanba kuni poytaxt Tripolining katta qismi besh oydan buyon Qaddafiy rejimiga qarshi kurashayotgan isyonchilar nazoratiga o‘tgani xabar qilingan edi.

Hozirda Qaddafiyga tarafdor kuchlar Tripolining 15-20 foizini nazorat qilayotgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG