Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:57

#UZBekistonlik twitterchilar mustaqillikning 20 yilligiga sovg'a tayyorlashmoqda


#UZB20 heshtegini kuzatub borish uchun Twitterning qidiruv tizimidan foydalaning.
#UZB20 heshtegini kuzatub borish uchun Twitterning qidiruv tizimidan foydalaning.
Mashhurligi tobora ortib borayotgan Twitter mikroblog xizmatining o'zbekistonlik foydalanuvchilari O'zbekiston Respublikasining mustaqilligiga 20 yil to'lishi munosabati bilan 1 sentabr kuni #UZB20 heshtegini "trend"ga, ya'ni Twitterdagi eng mashhur mavzular qatoriga olib chiqish g'oyasini ilgari surishmoqda.

Twitter "timeline" qidiruv tizimiga asoslansak, bu go'ya avgust oyi o'rtalarida o'zbek twitterchilari orasida muhokama qilinishni boshlagan. Muhokama boshida esa Twitterda O'zbekiston mustaqilligining 20 yilligi ramziga aylanishi kerak bo'lgan yagona heshtegni tanlash firkri o'rtaga tashlangan edi. Bir qator takliflardan so'ng (#UZB, #Uzbekistan, #Uzbekistan20, #UZB20) o'zbek twitterchilarining aksar qismi #UZB20 heshtegini tanlashga qaror qilishgan.
Heshteg (hashtag) - bir mavzuga oid bo'lgan twitlarni bir joyga jamlovchi shartli belgi.

O'zbekistonlik twitterchilar bu g'oyani amalga oshirish uchun barcha twitterchilarni 1 sentabr kuni #UZB20 heshtegini faol ishlatishga chaqirishimoqda. Twitterchilar bu rejani muhokama qilish uchun hatto "offline"da yig'ilish, ya'ni yuzma-yuz uchrashuv o'tkazish kerakligini aytishmoqda.

Nuridding (@MrNurix) ismli twitterchi yozadi:

-1 sentyabrdan oldin #boraman2 uyishtirib olishimiz kerak. #uzb20 trendga chiqishi uchun jiddiy tayyorgarlik qilishimz kerak. Qachon qilamiz?

Ayni damda o'zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari ushbu heshtegni faol ishlatishmoqda. Biroq foydalanuvchilar soni ozligi tufayli ushbu heshtegni "trend" mazvularga chiqishi amri maholdir. Twitterning O'zbekiston bo'yicha statistikasi yo'q. Biroq kuzatuvlarimizga asoslanadigan bo'lsak, #UZB20 heshtegini bugungi kunda 40 yaqin twitterchi faol ishlatmoqda. Bu esa juda ham o'z raqam.

Hamma gap shundaki, Twitter qonun-qoidalariga ko'ra, heshteg "trend"ga chiqishi uchun heshtegning yozilgan soni emas, balki uni ishlatayotgan foydalanuvchilarning soni muhim bo'ladi.
Twit - Twitter saytidagi sahifada yozilgan xabar. Har bir twitining uzunligi 140 belgidan ko'p emas.

Shunga qaramasdan, o'zbekistonlik ayrim topag'on twitterchilar #UZB20 heshtegini qanday qilib keng ommaga yetkazishning qiziqarli usullarini taklif etishmoqda.

Shohruh (@TheShohruh) ismli twitterchi saytdagi mashhur insonlardan ushbu heshteg bilan twit yozishni iltimos qilish kerak degan q'oyani ortaga tashladi va 12 milliondan ziyod "kuzatuvchi"si bor taniqli qo'shiqchi Jastin Biberga twit yo'lladi.

-@JustinBieber: 20 million o'zbekistonliklar kabi men ham sizning muhlisingizman. O'zbekiston mustaqilligi munosabati bilan "tug'ilgan kuningiz bilan" deya olasizmi? #UZB20 (I'm your fan as another 20million in Uzbekistan. Would you say happy birthday for Uzbekistan's indepence day? #UZB20)

O'zi 116 ming kishini "kuzatayot"gan Jastin Biber ushbu twitni o'qish-o'qimasligi bizga qorong'u.

Biroq o'zbekistonlik twitterchilar iltimosiga quloq solayotgan mashhur insonlar yo'q emas. So'rovlarga binoan, Rossiya estradasi artistlari Dominik Joker (12 ming "kuzatuvchi") va Anita Tsoilar (21 ming "kuzatuvchi") o'z Twitter sahifalarida #UZB20 heshtegi bilan twit yozishdi.

"Yosh to'lqin" bog'langan Hashtracking.com sayti bergan statistikaga ko'ra, so'nggi 24 soat ichida #UZB20 heshtegi yozilgan 594 twit yozildi va qayta ko'chirildi (RT). Bu esa "trend" mavzu uchun dengizdan bir tomchi deganidir.

Kuzatuvchi (follower) - Twitter sahifaga obuna bo'lgan twitterchi.
Ayni damda O'zbekistondagi ayrim ommaviy axborot vositalari ham o'z Twitter sahifalarida #UZB20 heshtegini ishlatishmoqda. @gazetauz va @uffuz sahifalari shulardandir. Kuni kecha UCell mobil operatori ham o'z Twitter sahifasida #UZB20 to'lqiniga qo'shilishga qaror qildi.

"Yosh to'lqin" loyihasi ham bugundan boshlab o'z Twitter sahifasidagi (@yoshtolqin) har bir xabarda #UZB20 heshtegini faol ishlatishni boshlaydi.

O'zbekistonlik twitterchilarga oldida qo'ygan maqladlariga eririshini tilab qolamiz.
XS
SM
MD
LG