Линклар

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 23 avgust kuni Qoraqalpog‘istonning To‘xtako‘pir tumanidagi “Tayimbet” fermer xo‘jaligi rahbari Sarsenbay Seytnazarov, Olmaliq Tog‘-metallurgiya kombinati Boshqaruv kengashi rahbari va Bosh direktori Aleksandr Farmonov¸ hamda GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining Ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘limi Bosh texnologi Hasanboy Qosimovga "O‘zbekiston qahramoni" unvoni va "Oltin yulduz" medalini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmonda ushbu oliy mukofot yangi laureatlarga mamlakat mustaqilligini mustahkamlashda davlat va xalq oldidagi buyuk xizmatlari, mamlakat nufuzini xalqaro miqyosda mustahkamlash, ishlab chiqarish sohasida ko‘p yillardan beri faol va samarali mehnat qilgani¸ hamda yosh avlodni vatanparvarlik va o‘z xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta hissa qo‘shganlari uchun berilgani qayd qilingan.

Shu kuni O‘zbekiston rahbari fan, texnika, adabiyot, san‘at va arxitektura sohalarining 14 vakiliga ham davlat mukofotlarini berish haqidagi farmonni ham imzoladi.
XS
SM
MD
LG