Линклар

Liviyalik isyonchilar prezident saroyini shturm qilganidan keyin mamlakat rahbari Muammar Qaddafiy “shahid bo‘lish yoki g‘alaba qozonish”ni va‘da qildi.

Qaddafiy 24 avgust kuni ertalab xalqqa qilgan audio murojaatida poytaxt Tripolidan chekinganini “taktik qadam” deya atadi.

Qayerdaligi noma‘lum bo‘lib qolayotgan Qaddafiy o‘z murojaatida Tripoliga yashirincha kelib ketganini iddao qildi.

Uning matbuot vakili Musa Ibrohim Qaddafiy isyonchilarga uzoq muddat qarshilik ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

- Tripolining ayrim tumanlarida NATO to‘dalari bo‘lishiga qaramay, amalda harbiylarimiz jangovorlik va tayyorgarlik holati juda yaxshi. Biz kunlar emas balki, oylar va yillar mobaynida jang olib borishga qodirmiz, - dedi Musa Ibrohim.

Ayni paytda Tripolida isyonchilar va Qaddafiy kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etayotgani to‘g‘risida xabarlar olinmoqda.
XS
SM
MD
LG