Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:33

Apple rahbari Stiv Jobs lavozimini tark etdi


Stiv Jobs, texnologiyalar dunyosini o'zgartirgan inson.
Stiv Jobs, texnologiyalar dunyosini o'zgartirgan inson.
"Tishlangan olma", ya'ni Apple kompyuter shirkati rahbari Stiv Jobs egallab turgan lavozimini tark etishini bildirdi.

Janob Jobs shirkat direktorlar kengashi raisi etib saylangan. Stiv Jobs tavsiyasiga ko‘ra, Apple shirkatining yangi rahbari etib Tom Kuk tayinlangan.

Bundan oldin Kuk Apple shirkatining savdo-sotiq bo‘yicha rahbar muovini bo‘lgan.

55 yoshli Stiv Jobs shu yil boshida saraton tashxisi qo‘yilganidan so‘ng ta‘tilga chiqgan edi.

Esingizda bo'lsa, biz Stiv Jobs kasalligi tufayli ta'tilga chiqganida, o'zbekistonlik Apple muhlislari unga ruhiy madat ko'rsatish uchun alohida veb-sayt yaratishgani haqida xabar bergan edik. Bu sayt orqali Stiv Jobsga sog'lik tilamoqchi bo'lgan o'zbekistonliklar saytda ko'rsatilgan mobil raqamiga o'z tilaklari yozilgan SMS jo'natishlari mumkin edi.

Bilmasvoylar uchun:

1955 yili tug'ilgan Stiv Jobs 1976 yili Stiv Vozniak (Stive Wozniak) va Ronald Ueyn (Ronald Wayne) bilan birga Aplle Inc. kompyuterlar ishlab chiqaruvchi shirkatga asos solgan. Bugungi kunda Apple nafaqat kompyuter va noutbuklar, balki planshet va mobil telefonlari ham ishlab chiqarmoda. Apple shirkatining maxsulotlari o'ziga hos sifati bilan boshqalardan ajralib turadi. iPad, iMac, MacBook (Pro, Air), Mac mini kompyuterlari, iPod pleyeri va taniqli iPhone mobil telefoni ko'pchilikka tanish.

Stiv Jobs ko'pchilikka o'zining qora jemperi va kamari bo'lmaganda tushib ketadigan jinsi shimi bilan tanish. Stive Jobs bu "uniformani" har gal Apple'ning yangi maxsulotini taqdim etish marosimida kiyib chiqadi.

Forbs jurnalining hisob-kitobiga ko'ra Stiv Jobs kamida 5 milliard dollar egasi.
XS
SM
MD
LG