Линклар

Liviya o‘tish davri milliy kengashi polkovnik Muammar Qaddafiyga hokimiyatdan voz kechishi evaziga uning mamlakatdan xavf-xatarsiz chiqib ketishini ta‘minlashni va‘da qildi.

Qaddafiyning qayerda ekani hanuz noma‘lumligicha qolmoqda.

Kecha Liviya o‘tish davri hukumati Qaddafiyning boshi uchun 2 million dinor (1.6 million dollar - tahr.) mukofot e‘lon qilgan edi.

Milliy kengashi rahbari Mustafo Abdul Jalil Muammar Qaddafiy atrofidagi istagan shaxs uni o‘ldirsa yoki qo‘lga olishga yordam bersa, o‘tmishda qilgan jinoyatlari avf etilishini aytgan edi.

Isyonkorlar rahbarlari, shuningdek, Beng‘ozidan Tripoliga ko‘chish kelasi haftaga qoldirilgani aytishmoqda.

Avvalroq ular barcha siyosiy ishlarni poytaxtdan turib boshqarish maqsadida ekanliklarini bildirgandilar.

Tripolida xavfsizlik hali ham ta‘minlanmagani bois Liviya o‘tish davri milliy kengashi Tripoliga ko‘chishni keyinga qoldirgan.
XS
SM
MD
LG