Линклар

Liviyada olti oydan beri davom etayotgan fuqarolar urushi va muxolifatchilarning Tripolidagi Muammar Qaddafiy qarorgohiga kirishi O‘zbekistondagi hukumat matbuoti nazaridan chetda qoldi.

“23 avgust kuni liviyalik isyonchilar Qaddafiy qarorgohini ishg‘ol qilgan vaqtda “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturida Puerto-Rikoda qandaydir to‘fon bo‘lgani va Ruminiya qo‘riqxonasida yong‘in chiqqani haqida xabar berildi, lekin Liviya haqida lom-lim deyilmadi”, - deb xabar qildi Uznews.net nashri.

Xalq qo‘zg‘olonlari va ko‘tarilishlari haqida o‘zbek matbuotida jimlik odatiy holdir.

Misr va Tunisdagi xalq g‘alayonlari, Suriyadagi qonli voqealar, Misrda Muborak rejimi ag‘darilishi, Qirg‘izistondagi birinchi va ikkinchi qo‘zg‘olonlar, Gruziya va Ukrainadagi baxmal inqiloblari ham o‘zbek matbuotida yoritilmay qolgan edi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov O‘zbekistonni 22 yildan beri boshqarib kelmoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG