Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:46

Moskvada millatchilar yurishi kutilmoqda


Moskva politsiyasiga ko‘ra¸ Rossiya millatchilari 25-28 avgustda Moskvada ommaviy norozilik tadbirlari uyushtirmoqchi.

Rossiya poytaxti huquq-tartibot tuzilmalari millatchilar boshlashi mumkin yana bir ommaviy tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

13 avgust kuni Moskvaning “Garaj” tungi klubi yonida dog‘istonlik chempion Rasul Mirzayev ma‘shuqasiga tegajog‘lik qilgan 19 yoshli talaba Ivan Agafonov Mirzayev zarbasidan keyin to‘rt kun komada ëtib vafot etdi. Aralash yakkakurash bo‘yicha uch marta jahon chempionining chap qo‘l bilan bergan fojeiy zarbasi¸ aniqrog‘i bu voqeaga Rossiya adliya tizimi ëndashuvi millatchilar nafratining yana yuzaga sizib chiqishiga turtki bo‘lmoqda.

Politsiyaga o‘z ixtiyori bilan kelgach hibsga olingan Mirzayev Rossiya Sambo Federatsiyasi xodimlari, Davlat Dumasi deputatlari va Dog‘iston parlamenti kafilligi ostida 22 avgust kuni Moskvaning Zamoskvoreche sudi tomonidan 5 million rubl garov puli evaziga ozod qilindi.

Rasul Mirzayev sud hukmini kutmoqda.
Ammo 23 avgust kuni Moskva shahar sudi 25 yoshli kurash ustasi Rasul Mirzayevning garovga ozod etilishi to‘g‘risida chiqarilgan oldingi sud qarorini bekor qildi va Mirzayevni qayta qamoqqa oldi.

Kuzatuvchilar fikriga ko‘ra, Mirzayevning qayta hibsga olinishi Moskvada millatchilarning ommaviy tartibsizliklarini oldini olish maqsadida qilingan.

Zotan¸ o‘tgan yil dekabr oyida kavkazliklar bilan bo‘lgan janjalda futbol fanati Yegor Sviridovning o‘ldirilgani ortidan Moskvaning Manejnaya maydoni va boshqa joylarida ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelgan edi. Aynan kavkazlik ayblanuvchilar hisbdan ozod qilinganidan keyin boshlanib ketgan to‘polonlarda asosan markaziy osiëlik mehnat muhojirlari jabr ko‘rgan - yuzlab gastarbayter millatchilar tomonidan kaltaklanib¸ bir nechasi o‘ldirilgan edi.

Shunday bo‘lsa-da¸ Ozodlik bilan suhbatda Moskva shahar sudi rasmiysi Mirzayevning qayta hibsga olinish sabablarini boshqacha izohladi.

- Qaror chiqarar ekan¸ Zamoskvoreche tuman sudyasi Mirzayevning xorijga chiqib ketishi mumkinligini hisobga olmagan. Shuningdek, jinoiy ish materiallarida uning yashash joyi to‘g‘risida qarama-qarshi ma‘lumotlar keltirilgan. Tergovchining bu ko‘rsatmalari Zamoskvoreche sudi qarorida o‘z aksini topmagan, deydi Moskva shahar sudi matbuot markazi rahbari Anna Usachyova.

Huquq-tartibot idoralarining matbuotga bildirishicha, millatchilarning 28 avgust kungi norozilik tadbiri “Spartak” va SSKA jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yinidan keyinga rejalashtirilmoqda. “Kommersant‘” gazetasining ëzishicha¸ futbol ishqibozlari orasidagi millatchilar dekabrdagi ommaviy tartibsizliklar ssenariysi bo‘yicha Komsomolskiy prospekti bo‘ylab ommaviy yurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Zamoskvoreche sudi oldida norozilik namoyishiga to‘planishga da‘vat qiluvchi ko‘p sonli varaqalar qo‘lga olinganini bildirgan Moskva politsiyasi rasmiylari¸ ikkinchi Manejnaya janjali kelib chiqishi oldini olish maqsadida fanat guruhlari yetakchilari bilan uchrashdi va tartibsizlik yuzaga kelsa ularning shaxsan javobgarlikka tortilishidan ogohlantirdi.

Ayni paytda¸ shu kunlarda Rossiya Internet hududida millatchilik va ksenofobiya ruhidagi chaqiriqlar bolalab bormoqda.

Kuzatuvchilar taqirbosh va boshqa millatchilarning ommaviy chiqishlari oqibatida¸ birinchi navbatda¸ huquqsiz markaziy osiyolik mehnat muhojirlari jabrlanishi mumkinligini aytmoqdalar.

Rossiyalik jamiyatshunos Aleksandr Tarasov Ozodlik muxbiri bilan suhbatda, 11 dekabr kuni Manejnaya maydonidagi voqealarning qayta takrorlanish-takrorlanmasligi¸ eng avvalo hukumatning tezkor va qat‘iyatiga bog‘liq, degan fikrda.

- Ashaddiy so‘lchilar bu hodisadan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishlari aniq - ularga bahona bo‘lsa bo‘ldi. Ammo ularning o‘z maqsadlariga yetish-yetmasliklari hukumat pozitsiyasiga bog‘liq: xohlasa oldini oladi, xohlamasa – yo‘q. Axir Manejnaya maydonida tartibsizliklar bo‘lishi uch kun oldin ma‘lum bo‘lgan ediku!. O‘shanda hukumat negadir tomoshabin bo‘lib turdi... Bir oydan keyingi millatchilar chiqishlarini esa politsiya boshlanmasdan tarqatib yubordi, deydi Aleksandr Tarasov.

Rossiyadagi ijtimoiy psixologiyani yillardan beri tadqiq etib kelaëtgan Sergey Yepiskopov esa¸ Agafonov o‘limi bahonasida millatchilarning ommaviy chiqishlari bo‘lishi turgan gap ekanini aytadi.

- Mamlakatimizda ko‘p odam sud qarorlari, tergov xulosalarini adolatsiz deb biladi. Manejnayadagi voqealar eng avvalo shu hissiyot bilan bog‘liq. Odamlarni biror masala xavotirga solmasa¸ ko‘chaga chiqarish oson ish emasku! Moskvada kavkazliklar¸ qolavyersa mehnat muhojirlari bilan bog‘liq vaziyat, masalan, ko‘pchilikni qoniqtirmaydi... Mana shuning o‘zi har qanday portlashga olib kelishi mumkin, deydi ruhshunos Sergey Yepiskopov.

Moskvadagi Zamoskvoreche tuman sudi oldidagi norozilik tadbirini tashkillashtiraëtgan millatchilar namoyandalaridan biri – tarqatib yuborilgan Noqonuniy Immigratsiyaga qarshi harakatning sobiq yetakchisi, hozirda esa “Russkiye” harakati rahbarlaridan biri Aleksandr Belov Ozodlik bilan suhbatda rejalashtirilaëtgan tadbirlar maqsadini izohladi.

- Biz adolatli sud talab qilyapmiz. Sud qarori qasddan qilingan qotillikni bexosdan sodir bo‘lgan qotillikka aylantirib yubormasligini talab qilyapmiz. Har holda hukumat bizning bugungi chiqishimizga normal munosabat bildirdi. Mirzayev ozod qilinishiga qarshi bizning Rossiya Tergov qo‘mitasiga yuborgan shikoyat arizamiz tezda ko‘rib chiqildi va javobiga o‘zingiz guvohsiz: Mirzayev yana qamoqda. Rossiya sudlariga ishonch qolmaganidan keyin shunday usullar yordamida bosim o‘tkazishga majbur bo‘layapmiz. Politsiya Manejnaya maydoni takrorlanishidan qo‘rqib qolgan, deydi Rossiya millatchilari yetakchisi Aleksandr Belov.

Ringda “Qora yo‘lbars” laqabini olgan Rasul Mirzayevning 26 avgustga qadar hibsda saqlanishi belgilangan.

Ayni paytda, Mirzayevning asli ukrainalik ma‘shuqasi o‘ziga millatchilardan ko‘plab tahdidlar kelayotgani bois¸ kuchishlatar tizimlariga murojaat qilib¸ o‘zini himoya qilishlarini so‘ragani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG