Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:00

Qirg‘izistonda xorijga ketganlar shaxsi tekshirilayapti


KXShT Bosh kotibi Nikolay Bordyuja Afg‘onistondagi terrorchilar lagerlarida tayyorgarlikdan o‘tayotganlar ro‘yxati tuzilganini ma‘lum qildi.

KXShT Afg‘onistondagi terrorchilik lagerlarida tayyorgarlikdan o‘tayotgan shaxslar ro‘yxatiga ega ekanini ma‘lum qildi. Bu haqda “Itar-TASS” agentligi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi Nikolay Bordyujaga tayangan holda xabar tarqatdi.

Agentlikning ma‘lum qilishicha, terrorchilik lagerlarida MDH fuqarolari ham tayyorgarlikdan o‘tmoqda va ular terrorchilik xarakatlarini amalga oshirish uchun o‘z mamlakatlariga qaytishadi.

Qirg‘izistondagi “Alfa antiterror” jamoatchilik birlashmasi rahbari Artur Medetbekov Bordyuja so‘zlarida asos bor degan fikrda:

- Nikolay Nikolayevich Bardyujani aytgan ma‘lumotlarining barchasida asos bor, deb hisoblayman. Sababi ro‘yxatdagi ma‘lumotlar Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari va Rossiya maxsus xizmatlari ko‘magida tayyorlangan. Biroq terrorchilar layegrlarida tayyorgarlikdan o‘tayotganlarning barchasini ro‘yxatga olish qiyin. Negaki, ular yashirin tarzda, guruh – guruh bo‘lib, isimlarini ham yashirib yurishadi,- dedi Artur Medetbekov

Aytish joizki, shu yilning 29 aprel kuni Qirg‘iziston parlamentida qilgan chiqishida Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmati raisi Keneshbek Duyshebayev Pokiston va Afg‘onistondagi terrorchilarni tayyorlovchi lagerda 200 dan 400 nafargacha qirg‘izistonliklar tayyorgarlikdano‘tayotganini, ularning ko‘pchiligi o‘zbeklar ekanini ma‘lum qilgandi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘sh va Jaloloboddagi o‘tgan yilgi qirg‘indan keyin yuzlab qirg‘izistonliklarning Afg‘onistonga ketgani borasidagi ma‘lumotlarni tekshirish 6 oydan beri davom etmoqda.

- Tekshiruv paytida odamlar o‘z yaqinlari haqida “Rossiyaga ketgan”, degan javobni berishadi. Bunday javob bergan ayrim odamlarni yaqinlari bilan telefon orqali gaplashtirdik. Haqiqatan Rossiyada yurganlari ham bor ekan. Telefon orqali gaplashtira olmaganlarimizni esa teshirtirayapmiz, telefonlarini tekshirayapmiz. Afg‘onistonga chiqqanlar to‘g‘risida aniq ma‘lumotlar olinmadi. Hozir bu ma‘lumotlarni MXX tekshiryapti, - dedi Ichki ishlar vazirligi axborot markazining janubiy hududi bo‘yicha rahbari Jenish Ashurbayev.

Afg‘onistonda qirg‘izistonliklar tayyorgarlikdan o‘tayotgani borasidagi ma‘lumotlar bundan avval ham bo‘lgan. Ularning ayrimlari 1999-2000 yili terrorchilar Botkenga qilgan xujumi chog‘ida qo‘lga olingan va sudlangan.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Marat Imankulovga ko‘ra, hozir ham terrorchilar lagerlarida qirg‘izistonliklarning bor yoki yo‘qligini aniqlash bo‘yicha chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilinmoqda.

- Biz KXShT a‘zo davlatlar maxsus xizmatlari bilangina emas, boshqa chet davlatlardagi hamkasblar bilan ham ish olib boryapmiz. Masalan, men yaqinda Pokistonga borib keldim. U yerdagi hamkasblar bilan aynan mana shu masala bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdim. Yaqin orada bu ishlarning natijasi seziladi, -dedi Marat Imanqulov.
XS
SM
MD
LG