Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:37

Chagayev: "Bu mening so'nggi jangim emas"


O‘zbekistonlik 32 yoshli professional bokschi Ruslan Chagayev WBA yo‘nalishi bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni kamarini raqibiga boy berdi.

27 avgust kuni Germaniyaning Erfurt shahrida WBA yo‘nalishi bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni kamari uchun Ruslan Chagayev va rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi.

12 raund davom etgan qiziqarli bahs natijalariga ko‘ra, AQSh¸ Britaniya va fransiyalik hakamlar 116-112, 117-113, 117-113 hisobida Aleksandr Povetkinni "mutloq g‘olib" deb topdi.

Jangdan so‘ng Bokser.org veb-saytiga intervyu bergan Chagayev: "Bu mening so'nggi jangim emas. Ikki haftadan so'ng albatta mashg'ulotlarga qaytaman", dedi. Quyida intervyu videosini to'lig'i bilan e'tiboringizga havola etamiz.



Sport saroyiga yig‘ilganlarning aksariyati jang davomida Chagayevni qo‘llab-quvvatladi, ammo natija ular kutganchalik bo‘lmadi.

"Oq Tayson" taxallusi bilan mashhur sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayevning g‘alabalariyu mag‘lubiyatlarini o‘zbek matbuoti Oqsaroy buyrug‘i bilan e‘tiborsiz qoldirib keladi.

Shunga qaramasdan Ruslan O‘zbekiston bayrog‘i ostida ringga tushishda davom etmoqda.

Nemislarning Universum Box-Promotion klubida shug‘ullanib kelayotgan Ruslan Chagayev 2007 yilning 14 aprel kuni rossiyalik raqibi Nikolay Valuyevni yengib, ilk bor professional boksning WBA yo‘nalishi bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni bo‘lgandi.

Ruslan Chagayev shu kunga qadar professional boksda 28ta jang o‘tkazgan va ularning 25tasida g‘alaba qozongan (17ta g‘alaba nokaut bilan qo‘lga kiritilgan)¸ bittasida durangga erishgan va bugungi mag‘lubiyat uning professional kareradagi ikkinchi mag‘lubiyati hisoblanadi.

2005 yilda professional boksga o‘tgan Aleksandr Povetkin WBC va WBO reytingida to‘rtinchi¸ WBA reytingida Ruslan Chagayevdan keyin 2-o‘rinni egallab kelmoqda.

Hozirda Germaniyaning Sauerland Event promouterlik firmasi homiylik qilayotgan Aleksandr Povetkin professional boksda 22ta jang o‘tkazib¸ ularning barchasida g‘alaba qozongan (15ta jang nokaut bilan qo‘lga kiritilgan).
XS
SM
MD
LG