Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 01:08

“Ayrin” to‘foni sabab Toshkent-Nyu York reysi kechiktirildi


“Ayrin” to‘foni sabab Toshkentdan Nyu Yorkga bugun uchishi kerak bo‘lgan reys bir kunga kechiktirildi.

“Samolyot bugun saharda, 3.40da uchishi kerak edi. Reysni dushanba kun saharga ko‘chirishdi. Reys deyarli bir sutkaga qoldirildi. Hudo xohlasa dushanba sahar 1.40da uchishi kerak”, - dedi Toshkent xalqaro aeroporti vakilasi.

Nyu Yorkning Jon Kennedi hamda Nyuvark aeroportlari vaqtincha yopiq, yakshanba kungi barcha reyslar bekor qilindi.

“Qaynotam bilan qaynonamni bugun kutayotgan edik. Toshkentdan Nyu Yorkga kelishlari, biz ularni JFK aeroportiga borib kutib olishimiz kerak edi. Samolyot bir kunga qoldirilibdi”, - deydi AQShning Kannektikut shatatida yashovchi Muqaddas.

Tezligi soatiga 130 kilometrni tashkil etuvchi “Ayrin” to‘foni bir necha soatlardan so‘ng Nyu York qirg‘oqlariga yopirilishi kutilyapti.

Nyu York shahrida suv toshqini ro‘y berishi xavfi bor.Shaharda kuchli shamol ko‘tarilib, jala quyishni boshlagan.

Nyu Yorkning Kuinz qismida yashovchi Nilyufar shahardagi vaziyat haqida Ozodlik radiosiga shularni aytdi.

“Kechadan beri shamol, to‘fon borgan sari kuchayib kelyapti.Kecha kechki payt yomg‘ir bilan boshlandi. Hamma hozir tabiiy ofat sabab o‘z g‘amini ko‘ryapti. Hamma suv, kerakli oziq-ovqatlarni, fanarlar, shag‘amlar sotib olgan. Sababi shahar elektrsiz qolishi xavfi ham bor. Hozircha shaharda svyet bor, hozircha o‘chgani yo‘q”, - deydi Nilyufar.

To‘fon xavfi bois AQShning Shimoliy Karolina, Merilend, Virjiniya, Delavyer, Nyu Jersi, Nyu York va Kannektikut shtatlarida favqulodda xolat e‘lon qilindi.

“Ayrin” to‘foni yaqinlashayotgani bois Nyu Yorkning quyi sohilida yashovchi 250 ming odam xavfsiz joyga ko‘chirildi.

Nyu York hokimi Maykl Blumberg shaharliklarni tabiiy ofat oqibatlariga shay bo‘lib turishlikka chaqirdi.
“Evakuatsiya uchun vaqt tugadi. Barcha ichkarida bo‘lishi va ob havo vaziyati yaxshilanguncha ichkarida o‘tirishi kerak”, - dedi Blumberg.

To‘fon zarbalari oqibatida Shimoliy Karolina, Virjiniya va Florida shtatlarida kamida to‘qqiz odam halok bo‘lgan. 1.8 million xonadon elektrsiz qoldi.
XS
SM
MD
LG