Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:06

AQSh elchisi o‘zbek xalqini hayit bilan qutladi


AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jorj Krol o‘zbekistonliklarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

Elchixona saytida e‘lon qilingan tabrikda muqaddas Ramazon oyida toat-ibodatda bo‘lish, ro‘za tutish va xayr-ehson qilish orqali odamlar o‘zaro bir-biriga yaqinlashishini ta‘kidlanadi.

Tabrikda janob Krol “Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston xalqini diniy bag‘rikenglik hamda bir-birini tushinishday umumiy qadriyatlar asosida munosabatlarni qanday qilib yangi bosqichga ko‘tarish” borasida mulohaza qilishga chaqiradi.

Shuningdek, elchi Jorj Krol o‘zbekistonliklarni Mustaqillikning 20 yilligi bilan ham qutlaydi.

“O‘tgan 20 yil davomida O‘zbekiston suvyeren va mustaqil respublika sifatida o‘z davlatchiligi, jamiyat qurilishi va iqtisodiyotini mustahkamlashda katta muvafaqqiyatlarga erishgan”ini qayd etgan janob Krol AQSh O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta‘kidlaydi.
XS
SM
MD
LG