Линклар

Toshkentdagi "Turkuaz" supermarketi bazasida “Toshkent” savdo markazi ish boshladi.

Toshkent shahar Savdo¸ maishiy xizmat va xalq iste‘moli mollarini ishlab chiqarish departamentidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, savdo markazining birinchi qavati oziq-ovqat mollari uchun ajratilgan. Ikkinchi qavatda kiyim-kechak¸ uchinchi qavatda elektr jihozlari sotiladi. To‘rtinchi qavatda esa tikuv sexlari joylashtirilgan.

Sobiq GUM o‘rnida faoliyat ko‘rsatib kelgan turklarning "Turkuaz" supermarketi joriy yilning boshida yopilgan edi.

O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi ma‘lumotiga ko‘ra, "Turkuaz" savdo majmuasidagi tekshirishlar natijasida 40 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, 5 million AQSh dollari miqdoridagi tovar mahsulotlari musodara qilingan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG