Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:06

Bag‘dod masjididagi portlashda 29 kishi o‘ldi


Iroq poytaxti Bag‘dod shahridagi Ummul-Qur‘a masjidida sodir etilgan portlashda 29 kishi halok bo‘ldi, 40 odam jarohatlandi.

Politsiya ma‘lumotiga ko‘ra, sunniylarga qarashli bo‘lgan Ummul-Qur‘a masjidida kechgi ibodatdan so‘ng xudkush o‘zini portlatib yuborgan.

Halok bo‘lganlar orasida Iroq parlamenti deputati Halid al-Fahdaviy ham bo‘lgan.

Portlash bo‘yicha ma‘suliyatni hozircha hech kim o‘z zimmasiga olganicha yo‘q.

BMTning Bag‘doddagi vakili Ed Melkert Iroqdagi ikki yillik faoliyatidan so‘ng iste‘foga ketishi oldidan gapira turib, AQSh harbiylari mamlakatdan olib chiqilgandan keyin Iroq xavfsizlik kuchlarining vaziyatni nazorat qilishiga shubha bildirdi.

Amaldagi kelishuvga ko‘ra AQShning barcha harbiylari joriy yilning dekabrigacha Iroqdan olib chiqilishi kerak.
XS
SM
MD
LG