Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:28

O‘zTVda ayollardan tizza, ko‘krak va yelkani ochmaslik so‘raldi


O‘zbekistonda milliy an‘analarga mos bo‘lmagan uslubda kiyinish bobida prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga yetadigani kam topiladi.
O‘zbekistonda milliy an‘analarga mos bo‘lmagan uslubda kiyinish bobida prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga yetadigani kam topiladi.
O‘zbekiston televideniyesida ishlovchi ayollardan ochiq, kalta va shaffof kiyim kiymaslik "qat‘iy talab" qilindi.

O‘zbekiston teleradiokompaniyasidagi manbalarga tayanib, sobiq telejurnalist Saodat Omonovaning aytishicha, kompaniyada bo‘lib o‘tgan katta yig‘ilishda rahbariyat ayollarning kiyinishini isloh qilish zaruratidan gap ochgan.

Majlis ahli ayollardan tizza, ko‘krak va yelka qismi ochiq bo‘lgan kiyimlarni kiymaslik, buning o‘rniga milliy kiyim kiyishni qat‘iy talab qilish kerak, degan xulosaga kelgan.

Saodat Omonovga ko‘ra, shu vaqtga qadar bunday talablar ko‘proq tavsiya ohangida yangragan.

- Sobiq hamkasblarim bilan telefonlashib gaplashganimda, ular haqiqatan shunaqa yig‘ilish o‘tkazilgani, o‘sha yig‘ilishda xotin-qizlarning juda ochiq-sochiq, milliy urf-odatlarimizga mos bo‘lmagan kiyim-kechaklarni kiymasliklarini aytishgan. Menimcha, qat‘iy gap bo‘lgan bu borada. Jinsi shim kiymaslik, ayniqsa s‘yomkalarga, tasvirga olish ishlariga, lavhalar olish ishiga chiqadigan jurnalist ayollar tizzadan baland kiymasliklari, jinsi shim kiymasliklari aytilgan. Ayrimlar juda ochiq kiyinishadiyu.

Ozodlik: Konkret qanaqa kiyimlar haqida gap ketayapti? Sanab bera olasizmi?

- Masalan¸ jinsi shim kiymaslikni aytishgan, tizzadan baland yubkalar kiymaslikni aytishgan. Ochiq-sochiq kiyimlar, bilasizmi lyamka deymizu, shunaqa kiyinadigan xodimlar ham bor edida. Qat‘iy talab qo‘yilgan. Yoshi kattalar ham o‘ta kalta kiymasliklari ta‘kidlab o‘tilgan. Qaysidir ma‘noda buni ma‘qullayman ham. Chunki har holda milliy urf-odatlarimiz, an‘analarimizga mos ravishda kiyinishsa, ochiq-sochiq kiyinishmasa, yaxshi bo‘lardi. Lekin yana bir jihatdan qanday kiyinish har bir kishining o‘z erkinligi. Bir narsa deyish qiyin.

Ozodlik: Majlisda qat‘iy qo‘yilgan talabni xodimlar bajarishi shartmi?

- Bunday gaplar doimiy bo‘lib keladi. Doimiy tarzda talab qo‘yiladi. Bu safar juda katta yig‘ilish bo‘lgan ekan. Undan keyin “Yoshlar” teleradiokanali direktori Xayrulla Nuriddinov yana alohida kanaldagilarni yig‘ib, “ochiq-sochiq kiyinmalaring, erkaklarning nimalarini qo‘zg‘atmalaring” deb aytgan ekan.

Ozodlik: Qattiq talab qo‘yilgan bo‘lsa, bu talabni bajarish majburiymi? Bajaradimi xodimlar?

- Menimcha yo‘q. Menimcha, bajarishmaydi.

Ozodlik: Oldin televideniyeda ishlagansiz. Majlisda shunaqa gaplar bo‘larmidi aynan ayollarning kiyimi bilan bog‘liq?

- Ochiq-sochiq kiyinishmasin, kalta-kulta kiyinishmasin¸ deb to‘g‘risini aytsam¸ o‘sha ishlab yurgan kezlarim bizga rasmiy tasvirga olish anjumanlariga, tashriflarga doir tasvirga olish ishlariga borganimizda, bizga ham talab qo‘yishgan edi “ayollar shim kiymasin, kalta kiymasin” deb. Prezident tashriflariga doir, boshqa davlatlar rahbarlari tashriflariga doir tadbirlarda rasmiy kiyinish talab qilingan edi.

Ozodlik: “Davr”da ishlayotgan jurnalistlarga, ayniqsa boshlovchilarga sariq, qip-qizil rangdagi ko‘kragi ochiq kiyimlarni kiyish mumkin emas¸ degan talab bor. Chunki prezident buni yoqtirmas ekan” degan gap aytilar edi. Shunaqa gap bormidi? Rostmi o‘zi shu narsa? Kiyinish masalasida prezident talablari aks etarmidi?

- Boshlovchilarga nisbatan unaqa shaxsan men qizil kiyimni kiyma deganini ko‘rmaganmanu, milliylik elementlari bo‘lsin deganlari yodimda bor. Suv sporti saroyining ochilishiga borganimda, o‘sha yerda bitta sportchi qizil mayka bilan qizil shorti kiygan ekan. Sport formasi qizil ekan. Uni qayerdandir “prezidentga yoqmaydi, bilmaysanmi” deb qayerdandir qaytarib ko‘k forma kiydirishdi. Shu esimda bor. Televideniyeda “prezidentga qizil rang yoqmaydi” deb eshitmaganman.

Ozodlik: Hozir televideniyedagi ko‘rsatuvlarni ko‘rsangiz, atlas, adras bo‘lib ketdi. Oldin unchalik emas edi. Atlas-adras yo‘nalishi ko‘proq kimning tashabbusi bilan bog‘liq?

- Kimningdir tashabbusi bilan bog‘liqligini men bilmaymnan. Lekin “Yoshlar”da bir-ikkita boshlovchilarimiz elementarno galstuk tarzida, kostyumga qo‘shilgan tarzda kiyishgan edi. O‘sha nimalar qo‘llab-quvvatlangan edi. Lekin qaysidir ma‘noda buni qo‘llab-quvvatlash kerak. Har holda urf-odatlarimiz asosida, milliy an‘analarimiz asosida kiyinsa, nur ustiga a‘lo nur bo‘ladi. Lekin yana bir jihatdan qaysidir ma‘noda balki efir talabi bo‘lishi mumkin. Efirda talab qilish balki aqlga sig‘adigan holat, ammo boshqa vaziyatlarda talab qilish¸ menimcha insonning qaysidir ma‘noda huquqini chegaralab qo‘yish ham bo‘ladi. Yana bilmadim, - deydi "O‘zbekteleradio" kompaniyasi sobiq jurnalisti Saodat Omonova.
XS
SM
MD
LG