Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:32

Musulmonlar Ramazon hayitini nishonlamoqdalar


30 avgust kuni ertalab dunyodagi turli mamlakatlarda Ramazon hayiti namozi ado etildi.

Saudiya Arabistoni, Misr, Iordaniya (Urdun), Yaman, Malayziya, Turkiya va Yevropaning qator mamlakatlarida yangi oy ko‘ringanini qayd etgan musulmonlar bugun Iydul-Fitrni nishonlamoqdalar.

O‘zbekiston musulmonlari Ramazon hayitini 31 avgust kuni nishonlaydilar. Hayit arafasida O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi rais o‘rinbosari Abdulaziz Mansur o‘zbekistonliklar¸ qolavyersa butun musulmonlarni Hayit bayrami bilan qutladi.

- Bismillahir rohmanir rohiym. Olloh taologa beadad shukurlar aytamizki, mana shunday ulug‘ ayëmlarga Ramazoni sharifni xatm qilish kunlariga ham yetib keldik. Mana islom dinidagi eng ulug‘ ikkita bayramning biri bo‘lgan Iydul-Fitr ro‘za Hayitiga ham mana yetib keldik. Mana shu munosabat bilan butun dunë musulmonlarini, Ozodlik radiosi muxlislarini, hamma ahli islom, ahli imon kishilarni muborakbod etaman. Kelasi mana shunday ulug‘ ayëmlarga ham sog‘-salomat yetib kelishlarini Olloh subhanahu va taolodan so‘rab qolaman. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta‘ala va barokatuh¸ deya o‘z tabriklarini bildirdi O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi rais o‘rinbosari Abdulaziz Mansur.

Ayni paytda Markaziy Osiyodagi Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham 30 avgust kuni Ramazon hayiti, deb e‘lon qilingan va qonunchilikka ko‘ra, har ikkala davlatda ham bu sana dam olish kuni bo‘lib hisoblanadi.

Mintaqaning O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston kabi mamlakatlarda esa Ro‘za hayiti 31 avgustga belgilangan.

Ruslan Chagayev Hayit munosabati bilan tabrik yo‘lladi
Чагаев: ҳаммага саломатлик ва омад тилайман
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:12 0:00
Бевосита линк


Asnoda bugun hayitni nishonlamayotgan mamlakatlarning bayramni nishonlayotgan davlatlardagi elchixonalari xodimlari ham dam olayaptilar, shu jumladan, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi xizmatchilari ham.

30 avgust kuni O‘zbekistonning Bishkekdagi elchixonasi oldida qirg‘izistonlik faollar tomonidan toshkentlik jurnalist Yelena Bondar himoyasiga piket o‘tkazish rejalangandi, biroq bayram munosabati bilan tadbir 2 sentabrga ko‘chirildi.

Eslatib o‘tamiz, 22 avgust kuni Qirg‘izistondan O‘zbekistonga qaytgan mustaqil jurnalist Yelena Bondar aeroport xodimlari tomonidan bir necha soat ushlab turilgandi. O‘zbekiston chegarasidan deklaratsiya qilinmagan flesh karta, SD-disk olib o‘tganlikda ayblangan Bondar O‘zbekiston Bojxona kodeksining 164- va 227-moddasining 1-qismi bilan ayblanayapti. Mamlakatdan chiqib ketmaslik haqida Toshkent halqaro aeroportining bojxona boshqarmasi tergovchisi Akmal Jalilovga tilxat yozib bergan va endilikda sud bo‘lishini kutayotgan Yelenaning o‘zining aybsizligini aytmoqda.

***

Iydul-Fitr munosabati bilan "Yosh to'lqin" radiosi jamoasi ham yurtdoshlar, millatdoshlar va dindoshlarni samimiy muborakbod etadi.
XS
SM
MD
LG