Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:12

O‘zbek militsonerlari fidoyiroq bo‘lishni va‘da qildi


Prezident Islom Karimov farmoni bilan Ichki ishlar vazirligining bir guruh xodimi Mustaqillikning 20 yilligi munosabati bilan mukofotlandi.

"O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil" ko‘krak nishonini o‘z xodimlariga topshirgan Ichki ishlar vaziri Bahodir Matlyubov prezident rahnamoligida mustaqillik yillarida o‘tkazilgan ketma-ket islohotlarni salmoqli natija berganini ta‘kidladi.

O‘zA agentligi xabariga qaraganda, ayniqsa, Ichki ishlar organlariga yaratib berilgan shart-sharoit vazirlik rahbariyati tomonidan alohida urg‘ulangan.

- Bu e‘tirof va rag‘bat barchamizni kasbimizga nisbatan yanada fidoyilik bilan mehnat qilishga undaydi, - deya iqtibos keltiradi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom Turg‘unov so‘zlaridan O‘zA agentligi.
XS
SM
MD
LG