Линклар

Russkiy orolida qo‘riqchilar quruvchilar bilan urushdi


Russkiy orolidagi ulkan qurilish ob‘ektlarini asosan o‘zbekistonlik mardikorlar bunëd etmoqda.

Russkiy orolidagi ulkan qurilish ob‘ektlarini asosan o‘zbekistonlik mardikorlar bunëd etmoqda.

Aksari o‘zbeklardan iborat quruvchilarning¸ qo‘riqchilar bedodligidan noroziligi janjalning asl sababi sifatida ko‘rilmoqda.

Rossiyaning Primore o‘lkasiga qarashli Russkiy orolida 2012 yilda o‘tkaziladigan Osiyo-Tinch okean iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammitiga qurilayotgan ob‘ektlardan birida mehnat muhojirlari va qo‘riqchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuzaga chiqdi. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, 500 ga yaqin mardikor o‘z qo‘riqchilarini spirtli ichimlik ichishga ruxsat bermagani uchun toshbo‘ron qilgan.

Asosan O‘zbekiston, Tojikistondan kelgan mehnat muhojirlari quraëtgan Uzoq Sharq federal univyersitet kompleksida gastarbayterlar va qo‘riqchilar o‘rtasidagi janjal 28 dan 29 avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Unda 500 ga yaqin mardikor va 100 ga yaqin qo‘riqchi ishtirok etgan.

Rasmiylar taxminiga ko‘ra, janjal o‘ta jo‘n sabab - qorovullar uch nafar gastarbayterning yotoqxonaga aroq olib kirishga ruxsat bermaganidan keyin boshlangan, deydi Ozodlik bilan suhbatda Uzoq Sharq federal univyersitet kompleksi qurilishining bosh pudratchisi “Krokus” shirkati matbuot kotibi Yekaterina Chernenko.

Russkiy orolida ishlayotgan o‘zbekistonlik Olimjon aka esa qurilish ob‘ektlarida qo‘riqchilarning mardikorlarga bo‘lgan munosabati o‘ta salbiy ekanligi va bu mushtlashuvga aynan ularning hatti-harakatlari sabab bo‘lganini aytadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG