Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:29

Apple shirkati iPhone prototipini yana yo'qotib qo'ydi


iPhone shu qadar modaga kirdiki, u bilan hatto prezidentlar ham foydalanmoqda. Apple shirkati sobiq rahbari Stiv Jobs Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevga iPhone 4 mobil telefonini ko'rsatmoqda.
iPhone shu qadar modaga kirdiki, u bilan hatto prezidentlar ham foydalanmoqda. Apple shirkati sobiq rahbari Stiv Jobs Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevga iPhone 4 mobil telefonini ko'rsatmoqda.
Bu gal ham Apple shirkatining taniqli iPhone rusumidagi mobil telefonining qattiq sir saqlanayotgan yangi versiyasi rasmiy taqdimot marosimidan oldin oshkor qilinadiganga o'xshaydi. Gap shundaki, intiqib kutilayotgan iPhone 5 ning prototipini sinovdan o'tkazayotgan shirkat xodimi uni yo'qotib qo'ydi.

Xabarlarga ko'ra, iPhone 5 prototipi iyul oyining oxirida AQShdagi San Fransisko shahrining Mishn-district rayonida joylashgan "Cava 22" bar-restoranida yo'qotilgan. Apple shirkatining xavfsizlik bo'limi yo'qolgan telefonni izlash uchun Gollivud filmlaridagi kabi keng ko'lamdagi qidiruv ishlarini olib borgan.

CNet saytining xaber berishicha, na Apple, na qidiruv ishlariga qo'shilgan mahalliy politsiya iPhone prototipini topishga muvaffaq bo'lgan. "Cava 22" bar-restoranining xo'jayini esa yo'qolgan mobil telefoni haqida hech narsa bilmasligini aytmoqda.

Eslatamiz, hozirda modaga kirgan iPhone mobil telefonining 4-versiyasi prototipi ham 2010 yili rasmiy taqdimot marosimidan oldin yo'qotilgan edi. iPhone 4 ning yoqotilishiga uni sinovdan o'tkazayotgan Apple xodimi barda shirakayf holda bo'lganligi sabab qilib ko'rsatilgan. Yo'qolgan iPhone 4 prototipini yangi texnologiyalar bo'yicha taniqli blog Gizmodo sotib ilob, telefonning rasmiy taqdimotidan oldin u haqda xabar bergan edi.

iPhone 5 ning undan oldingi versiyasi prototipi kabi to'satdan yo'qotilishi ko'pchilik tarafidan Apple shirkatining "ayyor reklamasi" deya qaralmoqda. Chunki 2010 yili iPhone 4 prototipining topib olingan modeli haqidagi xabarlar mobil telefonning mashhurligini yanada oshirib yuborgan edi.

2010 yili yuz bergan bu xodisa Applening xavfsizlik choralarini kuchaytirishga olib kelgan edi. Biroq iPhone mobil telefonining yangi versiyasining ham yo'qolishi ko'rilgan choralarni shubha ostiga qo'ymoqda. Agar iPhone 5 prototipining yo'qolgani rost bo'lsa, Apple shirkati o'z xopdimlari uchun "suxoy zakon", ya'ni spirtli ichimliklarni ichmaslik qoidasini joriy qiladiganga o'xshaydi.
XS
SM
MD
LG