Линклар

Rossiya Liviya isyonchilarining O‘tish davri milliy kengashini mamlakatni boshqarayotgan hukumat sifatida tan oldi.

Tashqi ishlar vazirligi e‘lon qilgan bayonotda Rossiya Liviyaning O‘tish davri milliy kengashini hozirgi hukumat sifatida tan olishi va Moskva bilan Tripoli o‘rtasida diplomatik aloqalar davom etishi bildirilgan.

Ayni paytda bugun Parijda Liviya kontakt guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

60 ga yaqin davlat rahbarlari va yuqori lavozimli hukumat rasmiylari ishtirok etadigan uchrashuvda Liviya kelajagi va mamlakatning xorijdagi muzlatib qo‘yilgan ko‘p milliard dollarlik mablag‘ini qaytarish masalasining muhokama etilishi rejalangan.

Liviya O‘tish davri milliy kengashining yuqori lavozimli vakillari qatnashadigan mazkur yig‘ilishga Fransiya Prezidenti Nikolya Sarkozi va Britaniya Bosh vaziri Devid Kameron mezbonlik qiladi.
XS
SM
MD
LG