Линклар

logo-print
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida o‘zbek mardikorlari o‘rtasidagi muhabbat mojorasi qonli yakun topdi.

Qozoq matbuotiga ko‘ra, ikki o‘zbek mardikori bir qizni yaxshi ko‘rgan va ulardan biri ichib mast bo‘lgach o‘z raqibini oradan olib tashlashni ma‘qul topgan.

U bitta xonada ijarada yashab kelgan hamyurti va raqibini bolg‘a bilan urib o‘ldirgan.

Tergov jarayoni ketayotgani bois o‘zbek mardikorlarining ismi-sharifi oshkor qilinmayapti.

Tergov payti qotillikni sodir qilgan o‘zbek mardikori sherigini kechasi ikki marta bolg‘a bilan urib o‘ldirgani va ertalab murdani bo‘laklab, ko‘lga olib borib, yoqib yuborganini bo‘yniga olgan.

Ma‘lum bo‘lishicha, ma‘shuqa qiz o‘ldirilgan o‘zbekdan homilador bo‘lgan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG