Линклар

logo-print
AQShning Arizona shtati poytaxti Feniks shahrida andijonlik va qo‘qonlik tadbirkor yigitlar o‘zbekcha non ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Andijon qochqinlaridan biri, non tsexida ishlaydigan qo‘qonlik Madolim Akramovga ko‘ra, bugungi kunda o‘zbekcha nonning xaridorlari yetarli.

- Tsehni yangi ochdik. Non yopayapmiz. Qandolat mahsulotlaridan pryanik, bulochka chiqarayapmiz. Kuniga 250-300 ta non yopilayapti. Xaridorlarimiz ham yetarli. Feniks shahrida 200dan ziyod o‘zbek oilalari yashaydi. Ular xarid qiladi. Keyin turklar va ruslar ham nonimizga xaridor. Shuningdek, “Evromarket”dagi 2 ta do‘konga ham nonlarimizni tarqatamiz, dedi tseh ishchilaridan biri Madolim Akramov.

Feniks shahrida o‘zbekcha non yopishni yo‘lga qo‘ygan vodiylik tadbirkor yigitlar O‘zbekistonda ham qandolatchilik bilan shug‘ulangan edilar.Ular Andijon voqealaridan keyingi bosimlardan qochib, Amerikadan panoh topishga majbur bo‘lganlar.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG