Линклар

Krasnoyarsk o‘lkasida Rossiya politsiyasi va Federal migratsiya idorasi xodimlari birga o‘tkazgan reyd davomida 50 nafar noqonuniy mehnat muxojiri qo‘lga olindi.

RBK axborot agentligi ulardan 10 nafari O‘zbekiston, 40 nafari Xitoy fuqarosi ekanini xabar qildi.

Muxojirlar Krasnoyarsk shahri yaqinidagi Zlobino va Kubekovo tumanlaridagi issiqxonalarda ishlayotgan paytda ushlangan.

Qo‘lga olinganlarning hammasi Federal migratsiya boshqarmasiga olib kelingan.

Hozirda ularning shaxsini aniqlash ustida ish olib borilmoqda.
XS
SM
MD
LG